Yangi narsalarni o’rganish juda ham maroqli. Universitetdagi ba’zi fanlardan ta’lim olmoqchimisiz?
Faraz qilaylik, siz moliya, kimyo yoki adabiyotdan ta’lim olmoqchisiz.
Unda Academic Earth sahifalari sizga ayni muddao. U dunyo universitetlaridan yuzlab kurs videolarini taklif etadi. Bu ro’yxatga MIT, Yale, Stanford va boshqa nomdor o’quv maskanlari ham kiradi.
Mavzular ko’lami turlicha. Muayyan mavzularni yoritish uchun mos ma’ruzalar ro’yxati ham mavjud.
Falsafa, matematika, astronomiya yoki biznes bo’yicha bilgingiz kelyaptimi? Balki kamalaklar, molekula xossalarini o’rganmoqchidirsiz? Bularning barchasi va ko’plab boshqalar sahifada keltirilgan.
Academic Earth
manba: lifehack.org
Abdulaziz Qodirov.
Shu saytga taklifim bor:
Saytga matndagi eng ko’p uchraydigan imloviy xatolar degan rukn ochilsa, ko’pchilik maqola yozganida uchraladigan imloviy xatolar jadvali bo’lsa yaxshi bo’lar edi
Masalan ya’ni ni ko’pchilik yani deb yozadi.O’shani-osha va hakazo emas va hokazo 🙂