Close
photo_2021-04-20_16-19-15

Shriftni to’gri tanlashda mikro-maslahatlar.

Assalomu alaykum!

Bugun, shriftni to’g’ri tanlash haqida mikro-maslahatlar beraman.

1. Ko’proq norasmiy ohangda gapirishni xohlaysizmi? Barcha matnlaringizni kichik harflar bilan yozishga harakat qiling

Og’ir shriftlar va katta harflardan foydalanish matnni biroz rasmiylashtirishi, ba’zan esa baqirayotgan ma’noni berishi mumkin.
Barcha matnlaringizni kichik harflar bilan yozishga harakat qiling va yengilroq shriftdan foydalaning. Bu xabarni norasmiy va qulayroq qilishi mumkin.

1-3

2. Tanlangan shriftda ierarxiyani ko’rsatish uchun vazn, o’lcham va rangdan foydalaning

Shrift bilan ishlashda elementlar doimo “Menga qara!” deb baqirmasligi kerak. Ammo ular muvozanatli ierarxiyaga muhtoj. Buning uchun vazn, o’lcham va rangdagi kichik o’zgarishlar kerak. Bu foydalanuvchiga sahifani siljitish paytida chalkashliklarni oldini olish bilan birga, eng muhim narsalarni topishga imkon beradi.

2-2

3. Qorong’i fonda yorqin matnmi? Yaxshi o’qilishi uchun shrift og’irligini oshiring

Qorong’i matnni yorqin fonga o’rnatayotganda, ba’zida shriftning yengil vazinligini tanlashingiz mumkin.
Ammo… Aksincha bo’lsa: yengil matn> qorong’i fon, shrift og’irligini biroz ko’paytirishinhiz kerak, ayniqsa katta matn bloklari uchun.
Foydalanuvchilarning ko’zlarini charchatmang, matn oson o’qilishini ta’minlab berishga intiling!

3-5

4. Tanlangan shrift bilan to’g’ri emotsional munosabat yarating

Kontent uchun to’g’ri shriftni tanlashga harakat qiling.
Foydalanuvchilar tez fahmlaydi va ular intuitiv hissiyotga ega, ular kontent qachon ularga murojaat qilayotganini bilishadi.
To’g’ri shriftni tanlash – ularga to’g’ridan-to’g’ri hissiy darajada murojaat qilish uchun kalit hisoblanadi.

4-4

5. Agar siz bir nechta shriftlardan foydalanishingiz kerak bo’lsa, “Maksimal 2 shrift” qoidasiga rioya qilishga harakat qiling  

Ikkitadan ortiq shriftdan foydalanish foydalanuvchilarga biroz, ba’zan juda, qiyinchilik tug’diradi. Bu qiyinchiliklar asosan ma’lumotni qabul qilishda va o’qishda uchraydi.

5-3

 

Telegram kanalga ulanish

(106 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

© 2021 Dasturchi.Uz | WordPress Theme: Annina Free by CrestaProject.
%d bloggers like this: