Agar subclassimizdagi (bola klass) funksiya super(ota klass) klasimizdagi funksiya bilan bir xil bo’lsa, bu funksiyalar qayta yuklanuvchi funksiyalar deyiladi.
Javada qayta yuklanuvchi funksiyadan foydalanish
- Qayta yuklanuvchi funksiyadan avvaldan Ota klassda yaratib qo’yilgan funksiyaning o’ziga xos amalga oshirilishini ta’minlashda
- Qayta yuklanuvchi funksiyaning ishchi vaqt (runtime)da (ko’p formalik) polymorphismda
foydalaniladi
Javada Qayta yuklanuvchi funksiya uchun qoidalar
- Funksiya super klass(ota) dagi funksiya nomi bilan bir xil bo’lishi kerak
- Funksiya super klass(ota )dagi funksiya parametrlari bilan bir xil bo’lishi lozim
- Klass meros olgan bo’lishi kerak
ekranda : Bike is running safely
Bu misolda run() funksiyasi sub klass va super klasslarda yaratilgan. Bu funksiyalarni nomi va parametrlari o’xshash va klaslar bir biri bilan bog’langan, shuning uchun qayta yuklanuvchi funksiyalar hosil bo’lyapti.
Static funksiyalar hech qachon qayta yuklanuvchi funksiya bo’lmaydi. Chunki static funksiyalar klass bilan bog’langan va u obyekt bilan bog’liq. Main funksiyalari ham qayta yuklanmaydi, chunki u static funksiyadir.
Yuklanma funksiya |
Qayta yuklanuvchi funksiya |
Yuklanma funksiya klass ichida bo’ladi | Qayta yuklanuvchi funksiya ikkita klasss ichida bo’ladi, ya’ni bir biri bilan bog’langan klaslarda. |
Yuklanma funksiya parametrlari har xil bo’ladi | Qayta yuklanuvchi funksiya parametrlari bir xil bo’lishi shart |
Yuklanma funksiyada polemorfizm kompilyatsiya vaqtida ishlatiladi | Qayta yuklanuvchi funksiyada polemorfizmdan runtime da foydalaniladi |
Yuklanma funksiyada qaytarayotgan ma’lumot turlari o’xshashi yoki o’xshamasligi mumkin | Qayta yuklanuvchi funksiya qaytarayotgan ma’lumot turlari o’xshash bo’lishi kerak |
G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Javada Stringlar - 14/06/2017
- Javada Map - 21/03/2017
- Javada Set - 26/12/2016
raimjon digan odam tel nomeri bomi???oqtuvchi qidirvotudm
Assalomu alaykum
o’qtuvchi qidirayotgan bo’lsangiz tez orada clean code education darslarining online translyatsiyasi qilib boriladi. Darslarni kuzatib borish mutlaqo tekin