Ma’lum obyekt asosida boshqa obyektni yaratish jarayoniga aytiladi. Bir klassning boshqa klassdan meros olishi yordamida amalga oshiriladi. Meros olingan obyekt ota obyektdagi xususiyatlarni tanlovga ko’ra meros oladi. Masalan, avtoulov bu ota obyekt. Bu obyekt yordamida yengil mashina, yuk mashinasi, poyga mashinasi kabi boshqa obyektlarni yaratib olishimiz mumkin. Ota klassda bo’lgan 4 g’ildirak farzand klasslarda ham mavjud bo’ladi. Ya’ni poyga mashinasi, avtoulovdan g’ildiraklarni meros oladi. Ota klassdan meros olayotgan bola klassimiz ota klassning shaxsiy bo’lmagan (private) barcha o’zgaruvchilari, funksiyalari va h.k larni meros qilib oladi.
Javada meros olinishi
- Funksiyani qayta yuklash uchun (runtime(dastur ishlab turgan vaqt) da ko’pformalikdan foydalanishda )
- Kodni qayta ishlatish uchun
foydalaniladi.
- class Subclass-name extends Superclass-name
-
- {
-
- //funskiyalar va o'zgaruvchilar
-
- }
extends kalit so’zi yangi klass yaratayotganimzda Super klass (Ota klass) dan meros olish uchun ishlatiladi.
Java tehnologoyasida quyi klass super klassdan meros oladi. Yani yangi klass quyi klassni chaqiradi.
Yuqorida shaklda Programmer subclassi va Employee super klassi ko’rsatilgan. Bunda shu ikkita klassni orasidagi bog’lanish tasvirlangan.
Natija :
Programmer salary is:40000.0
Bonus of programmer is:10000
Yuqoridagi misolda Programmer klassi Employee klassidan meros olyapti va undagi float salary o’zgaruvchisini o’ziga o’zlashtirib olyapti.
Javada meros olinish turlari
Javada asosiy klassdan 3 xil usulda meros olish mumkin ular single (bir tomonlama), multilevel(bir necha class orqali) va hierarchical(iyerarxiya).
Javada bir vaqtning o’zida bir necha klass dan meros olib bo’lmaydi.
Bu yerda Compile Time Error (Kompilyatsiya Vaqtida Xatolik) bo’ladi, chunki bir vaqtning o’zida C klassi A, B klasslaridan meros olyapti. Yuqorida aytganimizdek javada bir vaqtning o’zida bir necha klassdan meros olib bo’lmaydi.
G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Javada Stringlar - 14/06/2017
- Javada Map - 21/03/2017
- Javada Set - 26/12/2016