Close
Dasturchi

Dasturlash haqida (bilmaganlarga)

Ko’pchilik doʻstlarimdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitaman. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildim.

Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik “farosatli” emas. Masalan, ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz.

Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki shoir kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:

  • Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas;
  • Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman yechimini topolmayapsiz;
  • Koʻpchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Sizda bunday imkoniyat judayam kam boʻladi. Sababi: tinimsiz oʻz ustingizda ishlashingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz kerak. Hindistonning bir shaharchasidagi yigit ham sizning raqobatdoshingiz. Bu soha umuman chegara bilmaydi.

Juda qoʻrqitib yubormadimmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam:

  • Hech biror narsa amalga oshirib koʻrganmisiz? Agar qilib ko’rmagan boʻlsangiz, xafa boʻlmangku, lekin bu dunyoga hali kelmapsiz;
  • Borgan sari bilimingiz ortib borayotganini, ustozim Shranet tariflari bilan aytganda, kompyuterning dahosiga aylanib borayotganingizni sezasiz.

Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz:

  • Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi oʻqigan boʻlsangiz;
  • Qandaydir gʻoyangiz boru, uni oʻzingiz amalga oshirishni istaysiz;
  • Tasavvur qiling, bu soha “moda”dan qoldi va unaqa katta oylik ham toʻlanmay qoʻydi. Shundayam oʻzgartirishni istasangiz (bunday deyishimga sabab dasturlashni boshlaganingizdan anchagacha yaxshi maosh olishdan umidingizni uzing);
  • Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini koʻtarish unchalik qiyinmas (siqilish ham shartmas).

Endi tasavur qilaylik, bu sizga qiyinday tuyulyapti: osonrogʻi va tezroq pul topish mumkin boʻlgan boshqa shunga oʻxshash kasblar yoʻqmi? Bor, bu haqida keyingi safar.

Bahriddin Abdiev maqolasi asosida tahrir qilindi

Manba: https://medium.com/@bahriddin1990/dasturlash-haqida-bilmaganlarga-1548c7b27345

(418 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

2 thoughts on “Dasturlash haqida (bilmaganlarga)

  1. Menham qiziqaman shu kasbga ammo uncha kop narsa bilmayman dasturlash togrisida. men birinchi nimani organishdan boshlasam boladi_???? Nimani maslahat bergan bolardingiz

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: