“Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o’rganadi va shu yo’l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.”
(Gyote)
Bir oycha oldin(anig’i 11.12.2017), O’zDJTU da o’qiydigan, bir bola menga telegramdan yozib qoldi. “Assalomu Alaykum … Dasturchi bo’lmoqchiman, nimani taklif qilasiz.” (odob bilan yozilgan uzunroq xat edi, qisqartirib yozdim).
Albatta men, doimgidek, Mustaqil o’rganishni tavsiya qildim, men yo’nalish ko’rsatib turaman dedim. Boshidan, ya’ni asos(fundament) qurishdan boshlashni tavsiya qildim. Algoritmga kuchni tashlang(dasturchi.uz dagi maqolalarga linklar berdim) va Shu kanaldagi Ishxonalarda Interview da nimalar so’ralishi haqidagi savol-javobimni tashladim va shu suhbatdagi so’raladigan savollarga tayyorlanib borishini tayinladim.
U bola: “Mendan dasturchi chiqarmikin, Jahon tillarida 2-kursman” degan ma’noda so’rab qoldi. Men: “Bizni ishxonada Universitetga kirmagan, yosh bo’lishiga qaramasdan mendan kuchli bola haqida aytdim. O’sha boladan ko’p narsalarni, o’rganganimni aytdim. Xavotir olmang, albatta chiqadi degan ma’noda javob berdim (`Everyone can code`).
Va doimiy maslahatlarimdan biri ????: Ingliz tilini yanada kuchaytirishini ni aytdim.”
Va http://sololearn.com/ dagi oson english bilan, sodda qilib tushuntirgan qiziqarli darslarni tavsiya qildim. Va Bugun natijalardan juda xursandman o’zim ham (hammasini hali tugatmagan bo’lsa ham). Xursand bo’lganim, bugun suhbatda o’ziga ishonchi, harakati, maqsadi va shu maqsad uchun qattiq intilishi menga juda ta’sir qildi. (sizlar bilan ulashgim keldi)
Quyida hozirgacha bo’lgan natijalarni tashlab qo’yaman.
Sherali Turdiyevning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Dasturchi bo’lmoqchiman, nimani taklif qilasiz?! - 09/02/2018
- Biznesni Garajda boshlagan… - 07/02/2018
- Sonning ixtiyoriy butun darajasini hisoblash. - 14/06/2016
Assalomu alaykum, dasturchi aka katta rahmat. Zo’r sayt ekan. Men kirib ko’rdim. Ushbu saytdan ,Html, Css, JavaScript, PhP larni to’liq o’rgansa bo’ladimi? Ya’ni demoqchimanki shunga o’xshash saytlarda yarmini o’rgatatida, keyin “davomini o’rganishni istasaysizmi, unda mana $ shuncha mablag’ni to’lang ?” deb taklif qilishadi. Yoki siz aytayotgan sayt ham shunaqalaran birimi
Aka, javobingizni kutaman.
Va alaykum Assalom, Dilmurod.
1) Yo’q, http://sololearn.com/ sayti fundamentlarni qiziqarli qilib o’rgatadi.
2) Yo’q bu sayt mutlaqo tekin.
Bu yerda shu sayt haqida qiziqtirgan savollarizga javob olasiz.
https://www.sololearn.com/faq
Tushunarli.
Katta rahmat aka ))
Assalomu alaykum dasturchi Dilmurod aka man clash of clans oʻyinni oʻyniman 2 oy oldin mani eng katta bazammi oʻgʻrlab koʻdini oʻzgartirib qoʻyishdi shuni nma qsam boʻladi maslahat bering gmaillarini blaman javob uchun oldindan rahmat