Close
436649156

Scratch dasturi haqida

Scratch dasturi bilan qanday tanishdim.

Birinchi marta Scratch dasturini Avloniy malaka oshirish instituti o’qituvchisi Sanjar Hafizovdan eshitdim. U darsda qisqagina ko’rsatib o’tdi va men scratch dasturini o`rganishga boshqa vaqt ajratmadim. Maktabga ishga qaytganimdan so’ng 5-sinfda o’qiydigan ikki o’quvchiga Scratch dasturini ishga tushirib, unda 2 dona buyruq yozib ishlashini ko’rsatib dedim: sizlarga 1 hafta muhlat shu dasturni o’rganib keyin menga o’rgatasizlar dedim. Aytganimday bo’ldi bir haftadan keyin o’quvchilar menga Scratch dasturini kengroq ko’rsatib berishdi va o’zlari yaratgan dasturchalarni ko’rsatib berishdi.

index

Ko’pchilik informatika fani o’qituvchilari nomidan shuni aytishim mumkinki 9-10 sinf o’quvchilari uchun dasturlash juda zerikarli mashg’ulot. Bunga sabab dasturlashning birinchi bosqichi o’quvchilar uchun juda qiyin va ular yaratayotgan dasturlar o’ta sodda va keraksiz tuyuladi, ya’ni ular Paskal dasturlash tilidan foydalanganda paytda. Yaqinda bir tajriba-tahlil qilib ko’rdim: Kompyuter tehnologiyalariga qiziqadigan 3 ta 8-sinf o’quvchilariga Pascal yoki Java dasturlash tillarini o’rgatishga harakat qildim. Ular dasturlashni tushunishda qiynalishdi va deyarli hech narsa o’rganmadi. Keyin men ularga Scratch dasturini ko’rsatdim, biroz yo’nalish berdim. Ular bir qancha o’yin dasturlar yaratishdi. Hattoki viloyat miqyosidagi innovatsion g’oyalar ko’rik tanlovida 2 – o’rinni egalashdi. Shundan keyin ulardan biriga Otabek Matqulovning Javadan boshlang’ich videodarslarini berdim. O’quvchi endi oson o’rgana boshladi. Chunki u o’zgaruvchi nima?, u qanday ishlaydi?, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va dasturlash haqida tushunchaga ega edi. Javadan boshlang’ich videodarslar muallifi Otabek Matqulovga ham o’quvchilarim va o’z nomimdan minnatdorchilik bildirib o’tmoqchiman.

(401 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

1 thought on “Scratch dasturi haqida

  1. Fikrlaringiz juda to’g’ri. Kelinglar mana shu scratch dasturlash tilini butun Respublika miqiyosida targ’ib qilaylik. O’zbekistonning har bir maktabida scratch muhitida darslar olib borilishiga erishaylik. Hattoki kompyuterlar yetib bormagan chekka qishloqlarda ham scratch bilan ishlasa bo’ladi. Men buning uchun bir loyiha qilib qo’yganman. Agar qiziqqanlar bo’lsa bo’lishishim mumkin. Shundagina bizning yoshlar ham Rossiyaga borib, sovuqda ko’cha supurmay, eng kuchli dasturchilarga aylanishadi.

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: