Close
436649156

Nima uchun Scratch?

Sizlarga Sugatra Mitra o’tkazgan ajoyib tajribani aytib bermoqchiman. Sugatra Mitri: Men Hindistonning Dehli shahrida bolalarga dasturlashni o’rgatish bilan shug’ullanardim. Men ishlayotgan joy yonida kambag’al qishloq bor edi. Men o’ylab qoldim shu kompyuterda ishlab ko’rmagan bolalar dasturlashni o’rganishi mumkinmikan. Shu bilan bir vaqtda uning oldimga bolalarini olib kelgan boy oila vakillari doim o’z farzandlarini maqtashardi. Bilasizmi, mening o’glim kompyuterda shunday ishlar qiladiki, mening qizim judayam qobiliyatli degan gaplarni aytishardi. Men o’ylab qoldim nega faqat boy odamlarning farzanlarigina o’ta qobiliyatli. Kamba’gallarning aybi nimada? Men ofisim yonidagi devorni o’yib yerdan 1 metr balandga kompyuter o’rnatdim. Bolalar yurib emas, yugurib kelishdi. Bolalar bu nima? degan savoliga bilmayman deb javob berdim. Bolalar buni nega o’rnatdingiz deb so’rashdi, men shunchaki bo’lishi uchun deb javob berdim. Bolalar unga tegsak bo’ladimi deb so’rashdi, men agar xohlasang tegaver dedim. Sakkiz soatdan keyin ular internetda ishlashar va bir-biriga o’rgatishar edi. Men aytdimki bu bo’lishi mumkin emas. Ahir ular umrida kompyuterda ishlamagan ularga hech kim kompyuterni o’rgatmaganku. Shunda hamkasblarimdan biri shunchaki o’quvchilaringizdan birortasi ularga sichqonchani ishlatishni o’rgatgan dedi. Men ha mayli bo’lishi mumkin dedimda shu tajribani dehlidan uzoqdagi kompyuterni biladigan odam topilmaydigan qishloqqa o’rnatdim. U yerdagi bolalarning bu nima degan savoliga bilmayman deb javob berdimu, u yerdan ketdim. Bir necha oydan keyin borib bolalarning kompyuterni o’ynayotganlarini guvohi bo’ldim va eng hayratlanarlisi ular menga – bizga kuchliroq protsessor va yaxshiroq sichqoncha kerak dedilar. Bolalardan bularni qayerdan o’rganganini so’radim ular o’pkalagan ohangda siz bizga faqat inglizchada ishlaydigan kompyuter beribsiz biz o’zimiz inglizchani o’rgandik dedi! Sugatra Mitraning ushbu hikoyasini eshitib men hayron qoldim. Hindistonning chekkasidagi bu bolalar bilan O’zbekistondagi bolalarni solishtirishga harakat qildim. Bizning o’quvchilarimizda kompyuterdan foydalanishga imkoniyat bor lekin xohish kam, bunga sabab nima. Bola baribir bola, u o’yin o’ynagisi keladi. Lekin dasturlashga qobiliyatni ertaroq rivojlantirgan ma’qul, agar 5-sinf o’quvchisiga paskal dasturlash tilini o’rgatsangiz 10 tadan 7 tasi uchun bu zerikarli mashg’ulot bo’ladi. Paskalda tuzilgan dasturlar asosan matematik hisob kitoblarni bajaradi. Bugunga kelib Scratch dasturi jahon miqyosida ommalashmoqda.

Avloniy malaka oshirish instuti o’qituvchisi Sanjar Hafizov bir necha yillar davomida jahondagi ilg’or ta’lim texnologiyalarini o’rganib kelgan,  bu kishining gaplari meni o’ylantirib qo’ydi: Jahondagi eng boy IT korporatsiyalardan biri Microsoftda ishlayotgan hodimlarning ko’pi dasturlashni Scratch dasturida o’rganishni boshlagan bo’lsa, nima uchun biz Paskal o’rniga Scratch ishlatmasligimiz kerak. Scratch dasturini 8-16 yoshlilar uchun mo’ljallab chiqarilgan bo’lsada hozirgi vaqtda nafaqat yosh o’quvchilar hatto universitetlarda ham foydalanishyapdi.

Internetda Learning children for programming deb qidiruvga berib ko’rdim google qidiruv tizimida. https://www.lifewire.com saytidagi malumotlarga kora Scratch dasturlashni o’rganayotgan yosh bolalar o’rtasida 1- orinda.

Scratch dasturi o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, jamoada ishlashga o’rgatadi bular 21 asrning tayanch hayotiy ko’nikmalaridan.

Scratch dasturidan onlayn foydalanganlik statistikasi:image3

(179 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *