Java dasturlash tilida eng ko’p ishlatilardigan operatorlar:
- solishtirish operatorlari
- mantiqiy operatorlari
- o‘zlashtirish operatori
Solishtirish operatori
Ikki operatorni bir-biri bilan solishtirishda ishlatiladi. Odatda, solishtirish operatorlar, shart berish operatori(if) va sikl(while, for) amallari bilan ishlatiladi.
Bu operatorlar ikki xil natija qaytarishi mumkin: true yoki false
Java dasturlash tilida quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:
== -> teng
!= -> teng emas
> -> katta
< -> kichik
>= -> katta yokiy teng
<= -> kichik yokiy teng
int tipida a va b sonlariga 3 va 6 sonlarini o’zlashtirdik, boolean tipida c ni yaratdik. a va b sonlarini solishtirish operatori yordamida (a==b) solishtirdik, solishtirishimiz natijasida biz true yoki false qiymatini olamiz. Demak 3 va 6 sonlari bir biriga teng emas. Natijada biz false qiymatini olamiz va u qiymatni c ga o’zlashtirib qo’ydik. Ekranda false qiymati chiqdi.
Mantiqiy operatorlar.
Mantiqiy operatorlar natijasi true yoki false bo‘lgan operandlar ustida amalga oshiriladi. Bu operatorlar quyidagilardan iborat.
&&(&) – mantiqiy VA(AND).
||(|) – mantiqiy YOKI(OR).
^ – mantiqiy XOR(YOKI inkori)
! – mantiqiy YO‘Q(NOT)
|| – qisqartirilgan YOKI(OR)
&& – qisqartirilgan VA(AND)
Yuqoridagi operatorlar orqali ikki operand qiymatni solishtiramiz:
Shu opratorlarga oid misol ko’ramiz:
- public class CompareOperators {
-
-
- boolean a = true;
-
- boolean b = false;
-
- boolean c, d, e, f;
-
- c = a & b;
-
- d = a | b;
-
- e = a ^ b;
-
- f = !a;
-
-
-
-
-
- }
-
- }
-
- //a&b = false
-
- //a|b = true
-
- //a^b = true
-
- //!a = false
O‘zlashtirish operatori.
O’zlashtirish operatori tenglik(=) bilan ifodalanadi. Yuqorida ko’rgan misolimizga qaraydigan bo’lsak, c =(a==b) ifoda a va b ni tekshirganimizdan chiqqan qiymatni c ga o’zlashtiryapmiz.
Hulosa qilib shuni aytish mumkunki, o’zlashtirish bilan solishtirish operatorlari farqi
(==) bo’lsa solishtirish
(=) bo’lsa o’zlashtirish bo’ladi.
G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Javada Stringlar - 14/06/2017
- Javada Map - 21/03/2017
- Javada Set - 26/12/2016