O’zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.
Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o’zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o’zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o’zgaruvchini saqlay olmaymiz.
4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig’adi. O’z o’zidan kelib chiqadiki 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak. O’zgaruvchilar ham shunday ma’lumotning o’lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dastur xatolik yuz beradi.
5 baytlik butun sonni ma’lumot turi int bo’lgan o’zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4 bayt. Bu turdagi ma’lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.
Types of Variable – o’zgaruvchi turlari
Javada 3 ta o’zgaruvchilar turi mavjud:
- local variable
- instance variable
- static variable
- local variable – funksiya ichida e’lon qilinadi va bu o’zgaruvchilar lokal (mahalliy) o’zgaruvchilar deyiladi.
- instance variable – class ichida e’lon qilinadi
- static variable – static deb e’lon qilingan o’zgaruvchi static o’zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo’lishi mumkin emas.
Misol uchun:
- class A {
-
- int data=50; //instance variable
-
- static int m=100; //static variable
-
- void method() {
-
- int n=90; //local variable
-
- }
-
- } //endof
Javada ma’lumot turlari (data types)
Javada ma’lumot turlari 2 ta:
- Sodda (primitive )
- Sodda bo’lmagan (non primitive)
ularning oraliq qiymatlari
Quyidagi misolda ham o’zingiz ko’rishingiz mumkin:
- public class Varibles {
-
-
-
-
-
-
-
-
-
- }
-
- }
G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Javada Stringlar - 14/06/2017
- Javada Map - 21/03/2017
- Javada Set - 26/12/2016
yaxshi maqola chiqibdi, o’zgaruvchiga berilgan tarif yoqdi