Close
ux-ui-logo-1

UI/UX design uchun mikro maslahatlar

UI/UX da mikro maslahatlar

Ba’zan samarali va chiroyli interfeyslarni yaratish uchun dizayningizga minimal o’zgarishlar kiritish yetarli boladi.

1. Foydalanuvchini adashtirmaslik uchun interfeyslarda umumiy ikonkalardan foydalaning.
Loyihalaringizga ikonka qo’shganda, bajarilishi lozim bo’lgan harakatni aniq ifodalovchi ikonkalardan foydalanishga harakat qiling.
Ikonka to’g’ri ma’no va funksional imkoniyatlarni taqdim etishi lozim, chunki boshqa variantlar yo’ldan adashtiradi va foydalanuvchiga noma’lum to’siq bo’ladi.

2. Elementlar o’rtasidagi munosabatni ko’rsatib berish uchun “yaqinlik” prinsipidan foydalaning.
“Yaqinlik” prinsipi – bu bir-biriga bog’liq dizayn elementlari joylashuvini ta’minlash, bir-biri bilan o’zaro bog’liqlik signalini berish, bu o’z navbatida foydalanuvchi veb-sayt yoki ilovani kontent yoki mazmunini skaner qilishda va tushunishini tezlashtirishda yordam beradi.

3. Sarlavhalarda satr balandligini kamaytiring.
Asosiy uzun matnlarda o’qishni qulaylashtirish uchun satr balandligi kattaroq boladi, ammo sarlavhalarda matn uzunligi qisqaroq bo’lgani tufayli, satr balandligini biroz qisqartirishingiz mumkin.
Tavsiya etiladigan satr balandligi sarlavhalar uchun odatda matn hajmidan taxminan 1-1,3 baravar ko’p va siz uni qanchalik katta qilsangiz, shuncha kam satr balandligini qo’shishingiz kerak.

4. Rang sxemasini tanlashda muammolarga duch kelyapsizmi?
Rang aylanasida analog ranglardan foydalaning.
Analog ranglar, shuningdek, tutashgan yoki qo’shni ranglar deb ham ataladi, bu eng uyg’un rang sxemalaridan hisoblanadi va agarda siz bir-biriga mos ranglarni tanlashda muammolarga duch kelsangiz yordam berishi mumkin.

5. Dizayningizda signal-shovqin nisbatlarini maksimal darajaga ko’tarishga harakat qiling.
Dizayningizda ravshanlik va qulaylik signalni maksimal darajaga ko’tarish va shovqinni minimallashtirish orqali erishish mumkin, bu o’z navbatida signal-shovqinning yuqori nisbatlarini ta’minlaydi.
Siz bunga tegishli ma’lumotlarning (signallarning) samarali taqdim etilishiga va keraksiz ma’lumotlarning (shovqinlarning) kamayishiga yoki butunlay olib tashlanishiga ishonch hosil qilish orqali erishishingiz mumkin.

Telegram kanal: https://t.me/dizaynon

(113 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

© 2021 Dasturchi.Uz | WordPress Theme: Annina Free by CrestaProject.
%d bloggers like this: