Hammaga Salom!
Bugun sizlar bilan IT mutaxasislarning bir necha turlari bilan tanishib chiqamiz:
1) Frontend dasturchi
Frontend dasturchi foydalanuvchi browserda ko’rib turgan va u bilan bevosita amallar bajaradigan qismini yaratadi. Shu bilan birga, dizayner bergan web sahifa yoki ilovalani dizaynini kodga otkazadi, hamda backenddan ma’lumotlarni qabul qiladi va backendga ma’lumotlarni yuboradi.
2) Backend dasturchi
Backend dasturchi serverga bog’liq web ilovalarni logikasi va frontend dasturchi yozib bergan kodni integratsiyasi bilan shug’ulanadi. Backend dasturchi odatda frontend va mobil dasturchilar tomonidan ishlatiladigan APIs va web serverlarnini yozadi.
3) Mobile dasturchi
Mobile dasturchi bu mobil ilovalarni ishlab chiqishuvchi va ushbu mahsulotlarning o’ziga xos xususiyatlari va qurulmalarga foydalanish uchun optimallashtirilgan dasturiy ta’minotni yaratuvchi shaxs hisoblanadi.
Mobil dasturchilar ikki turga bo’linadi:
1. Birinchisi Android dasturchi, yani android qurulmalarga mos keluvchi ilovalar yaratadi
2. iOS dasturchi, yani ios qurulmalarga dasturlar yaratishadi. Agar iOS dasturchi bo’lishni istasangiz, sizda Macbook yoki iMac bolishi lozim.
*Bugungi kunda Flutter texnologiyasi mavjud, bu bir vaqtda IOS va Android uchun bir kod orqali dastur yaratish imkonini beradi
4) UI/UX dizayner
UI/UX designer asosan web saytlar, ilovalar va boshqa dasturlarning dizayni va qulayliklari bilan shug’ullanadigan soha hisoblanadi.
UX va UI dizayni bitta iste’molchining tajribasining ikki xil elementidir. UX foydalanuvchi tajribasiga ishora qiladi, bu narsaning qanday ishlashiga va odamlar u bilan qanday munosabatda bo’lishiga qaratilgan. UI yoki foydalanuvchi interfeysi tashqi ko’rinishga va joylashishga e’tiborni qaratadi.
Islombek Normuhammadov
Islombek Normuhammadovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- (3 qism) Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021
- 2 QISM. Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021
- (1 qism) Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021