Close
photo_2021-03-24_14-22-35

Chekish haqida ogohlantirishlar ishlamayapti. Dizayn yordam bera oladimi?

Dizayn nimani hal qiladi?
Umuman olganda, dizayn uchta funksiyaga ega: narsalarni qulay, taniqli va taassurot uyg’otuvchi qilish. Sigaret qadoqlari uchun “taassurot”, chekuchilarga ta’sir o’tkazish vositasi sifatida muhimdir, ammo bugun u bilan ishlar unchalik yaxshi emas.

Ushbu uchta parametr nafaqat yaxshilashi, balki yomon tarafga o’zgartirishi ham mumkin. Bugungi kunda sigarett qadoqlari uchun ishlanayotgan vizual ko’rinishi ikkinchi toifaga tegishli. Sigaret ishlab chiqaruvchilar mahsulotga chekishni sog’liq uchun zararli ekanligini yozishni istamaydi, chunki bu savdo hajmini kamaytirishi mumkin. Ammo qadoqlar texnik reglamentga va barcha talablarga javob berishi kerak. Dissonans.

Shuning uchun dizaynerga yozuvni iloji boricha noqulay, o’qib bo’lmaydigan va yoqimsiz qilib qo’yish vazifasi qo’yilgan. O’qishni yaxshilash uchun foydalanadigan narsalarni olib va aksincha qilindi: tor shriftlar, inversiyalar, katta harflar. Bularning barchasi yozuvni qandaydir shtrix-kodga aylantiradi. Rasmiy talablar qondirilgan – qadoq yuzaning 30% egallagan yozuv mavjud, ammo qadoqdagi yozuv  baribir paydo bo’lmadi, “taassurot” ishlamadi. Va foizni qanchalik oshirsangiz ham, rasm va yozuvlar ishlamaydi.

Xo’sh, biz taassurotlar qo’sha olamizmi?
Nega chekuvchilarga shunchaki tashlash istagini eslatmaslik kerak? Axir, u hech bo’lmaganda bir marta tashlamoqchi ekanligini aytgan!

Sankt-Peterburg dizaynerlari tomonidan kreativ yondashuv.
Form & scroll jamoasi muammoni hal qilishga harakat qildi. Dizaynerlar nafaqat qo’rqitadigan, balki chekuvchilarga nisbatan odatning ustunligini ko’rsatadigan “sudraluvchi” dizaynni taklif qilishdi.

Ushbu dizayn go’zallik va nafratni muvozanashtiradi. Haqiqatga yaqinligi tufayli badiiy illyustratsiyalar xayolni uygotadi. Tasvirlar ko’p qatlamli va ko’p o’lchovli bo’lib, ular ko’zga oson tashlanadi. Har safar qo’lingizga bir qadoq sigaretni olsangiz, chekishni tashlash haqida o’zingizga berilgan va’dani eslaysiz.

Ushbu dizayn shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning rang-barang logotiplarini olib tashlash va chekishning haqiqiy muammolariga e’tibor qaratish orqali sigaret qutilarini birlashtirishga yordam beradi. Ha, chekuvchi sigaret sotib olishni davom ettiradi, ammo qadoq unga gunohini eslatib turadi.

Ishonchim komilki, grafik dizayn chiroyli ko’rinish hosil qilishdan tashqari, ancha qiziqroq muammolarni hal qilishi mumkin!

Telegram kanalga ulanish

(60 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

2 thoughts on “Chekish haqida ogohlantirishlar ishlamayapti. Dizayn yordam bera oladimi?

  1. Salom men hozirda 9sinf uquvchisiman dasturchi bulish qarorim bor buning uchun nima qilish kerak. Qayerda uqish kerak. Tayyorlov kurslariga borganda asosan imtihonsiz ham ishga kirish mumkin deb eahitdim shu tug’rimi.
    Iltimos Telegram lichkangizni yozsangiz u orqali ham aniqroq gaplashib olardek.

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

© 2021 Dasturchi.Uz | WordPress Theme: Annina Free by CrestaProject.
%d bloggers like this: