Apple “Human Interface Design” tomonidan 5 maslahat
1) Ro’yxatdan o’tish jarayonini iloji boricha orqaroqqa suring
Foydalanuvchiga majburiyat yuklashdan oldin ularga o’zingizning ilovangizni foydalanish va yoqtirib qolish imkoniyatini taqdim eting. Masalan, xarid qilish ilovasida odamlar sizning mahsulotingizni ilovani ishga tushirganlaridan so’ng darhol ko’rish imkoniyatini berin va faqat sotib olishga tayyor bo’lganlarida ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi.
Yana bir misol, streaming dasturida odamlar ilovani ichki kontentni va mohiyatini o’rganishlariga imkoniyat yaratib bering, va tomosha qilishlari uchun ro’yxatdan o’tishlaridan oldin nima taklif qila olishingiz mumkinligini tasfirlab berin!
2) Kontentni iloji boricha tezroq ko’rsating
Odamlar kutilayogan ekranni ko’rishlaridan oldin kontent yuklanishini kutishlariga majburlamang. Zudlik bilan ekranni ko’rsating va kontent hali yuklanmagan joyni ko’rsatish uchun placeholder, rasm yoki animatsiyalardan foydalaning. Kontent yuklangandan so’ng ushbu placeholderlarni elementlarini almashtiring.
3) Qachon yordamga muhtoj bo’lishi mumkinligini taxmin qiling.
Odamlar tushunmay qolishi mumkin vaziyatlarni oldindan aniqlang. Masalan, o’yin paytida pauza qilinganida yoki oyin qahramoni harakatlanmayotganida foydali maslahatlarni ko’rsatishi mumkin. Birinchi marta o’quv qo’llanmalarini o’tkazib yuborishsa, odamlarga qaytadan ko’rib chiqish imkoniyatini bering.
4) Foydalanuvchilar ma’lumot yo’qotmasliklariga yordam bering.
Agar jarayon bekor qilinmasa yoki o’chirilib tashlanmasa, ish natijasi doimo saqlanib qolishligini kafillikga oling. Umuman olganda, odamlarni fayl yoki natijalarni saqlashga majburlamang. Buning o’rniga, muntazam ravishda, fayllarni ochishda va yopishda va boshqa dasturga o’tishda o’zgartirishlarni avtomatik ravishda saqlang. Ba’zi hollarda, masalan, mavjud faylni tahrirlash, saqlash va bekor qilish parametrlari o’zgarishlarning aslida saqlanganligini tasdiqlash uchun hali ham mantiqiy o’ringa ega.
5) Ekran yuziga xabar tariqasida keladigan maxfiy yoki shaxsiy ma’lumotlarni yubormang.
Odamlar xabarnoma olgandan son’g nima qilishlarini oldindan aytib berolmaysiz, shuning uchun ekran yuzida xabar tariqasida ko’rsatiladigan maxfiy ma’lumotlarni yubormaslikga harakat qiling. Uning o’rniga xabarni email yoki ilovani o’zida yaratilgan xabarnomaga yuboring
Telegram kanal: https://t.me/dizaynon
Islombek Normuhammadov
Islombek Normuhammadovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- (3 qism) Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021
- 2 QISM. Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021
- (1 qism) Sayt va ilovalardagi “login va sign up” bolimini qulayroq va xavfsizliroq qilish uchun 12 maslaxat - 29/06/2021