Close
cpp_logo

C++ qadamlari. Kiritish operatori, funksiyani e’lon qilish

C++ dasturlash tili bilan tanishib borishda davom etamiz. Tushunish oson bo’lishi uchun console muhitida misollar ko’rmoqdamiz. Console muhitida kiritish operatori cin>> orqali amalga oshiriladi. cin>> dan so’ng istalgan ma’lumot turi e’lon qilingan o’zgaruvchini joylashtirsak shu o’zgaruvchi qiymatini qo’lda kiritishimiz mumkin bo’ladi. Masalan:
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int a=0;
cout<<"a sonini kiriting: "; cin>>a;
cout<<" Siz "<<a<<" sonini kiritdingiz "<<endl;
return 0;
}

Ushbu dasturni ishga tushirganingizda console kursori sizning biror qiymat kiritishingizni kutib turadi va berilgan o’zgaruvchiga biror qiymat kiritganingizdan so’ng, keyingi qator amallarini bajarishga o’tadi. Yuqoridagi misolda  5 sonini kiritgan bo’lsangiz, “Siz 5 sonini kiritdingiz” natijasini olishingiz mumkin.
Funksiyani e’lon qilish
Funksiyalarni e’lon qilishning umumiy standardi sifatida quyidagicha qonuniyatni ko’rish mumkin:
ma’lumot_turi funksiya_nomi ( ma’l_turi parametr1, ma’l_turi parametr2, …)
{
ifodalar( ya’ni funksiyani asosiy ishini bajaruvchi funksiya tanasi)
}
Funksiyani e’lon qilish va uni chaqirish bo’yicha sodda misol ko’ramiz:
#include <iostream>
using namespace std;

int a_plus_b(int a,int b)
{
return (a+b);
}

int main() {
int a=0,b=0;
cout<<“Ikki sonni yig’indisini aniqlash dasturi:\n”;
cout<<“a sonini kiriting: “; cin>>a;
cout<<“b sonini kiriting: “; cin>>b;
cout<<a<<” va “<<b<<” sonlarining yig’indisi: “<<a_plus_b(a,b)<<endl;
return 0;
}

Yuqoridagi misolni tahlilini o’quvchilarga havola qilamiz.

(3,523 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

7 thoughts on “C++ qadamlari. Kiritish operatori, funksiyani e’lon qilish

    1. Saytimizda 20 dan ortiq mutahassislar faoliyat yurgizishadi, imkon va vaqtlariga qarab maqolalar yozib turishadi. Saytimizda admin ham bor. Saytimiz rivojlanib boryapti. Siz kabi e’tiborli o’quvchilar borligi bizni hursand qiladi. E’tiboringiz uchun rahmat!

  1. uzr o’rgatish menga mos keladimi yo’qmi bilmadim lekin agar sayt adminligiga bir kishi bo’lsa faqat bir yo’nalishda maqola chiqarish kerak chunki chalkashib ketadi, agar ikki uch kishi bo’sa chug’ulllansa bo’ladi.

  2. salom sonni darajasni hisoblash dasturi uchun shuncha kodni nima keragi bor tushunmadim soddaroq qilishni iloji yo’qmidi?

    1. bu yerda maqsad sonni darajasini hisoblash emas, dasturlashni va algoritmni o’rganish, bu bir misol

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: