- O’rnatilgan ilovalarda android uskunasidagi maxsus ruhsatlarni “runtime” vaqtida o’zgartirish (ruhsat berish yoki bermaslik).
- Doze(mudroq). Zaryadlashdan uzilganda va ekran o’chirilganda o’tadigan holati. Bunda davriy ravishda vaqt oraliqlarida android uyg’onib ma’lum muddat bajarilishi kerak bo’lgan amallarni bajaradi(sinxroniztsiya, tizim amallari…).
- Apache HTTP Client dan voz kechildi. Android o’zining HttpURLConnection APIni taklif qilmoqda.
- OpenSSL dan BoringSSL ga o’tildi. Ilovalarida c, c++ da yozilgan openSSL kriptografik kutubxonasi borlar xushyorligini oshirishlari zarur.
- Android uskunasining unikal id si kerak bo’lgan ilovalarni qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ildi. Kim Bluetooth yoki WiFi API’lari yordamida MacAddress’ni olgan bo’lsa, android 6 dan boshlab bir xil 02:00:00:00:00:00 qiymatni olishga tayyorlanaversin.
- Audio ovozni sozlashga oid API’lar o’zgardi.
- Matnni belgilab uni ustida biror amal bajarmoqchi bo’lganlarga suzuvchi toolbar(floating toolbar) widget’i qo’shildi.
Shuhrat Akramovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- C++ qadamlari. Ko’rsatkichlar(2). - 26/04/2016
- Android 6.0 dan ba’zi yangiliklar - 14/04/2016
- C++ qadamlari. Ko’rsatkichlar (1). - 04/08/2015
(582 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)