Satr bo’limi – To’rtinchi qism
- Matn yo’nalishi belgilari komputerga arab alifbosi kabi o’ngdan chapga yoziladigan tillar o’rnatilganda paydo bo’ladi. Agar sizning komputeringizda faqat o’zbek, ingliz, rus tillari kabi chapdan o’ngga yoziladigan tillar o’rnatilgan bo’lsa Word dasturida odatda bu belgilar paydo bo’lmaydi. Shuning uchun buni alohida ko’rib chiqmaymiz.
- Saralash (Сортировка) ro’yxatni alifbo, qiymat, sana bo’yicha (текст, число, дата) (1) o’sish yoki kamayish tartibida (по возрастанию, по убыванию) (2) saralash imkonini beradi.
Misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi hududiy bo’linmalarining maydonlari ro’yxatini ko’rib chiqamiz. Saralash uchun ro’yxat belgilanadi (3) va “Saralash” (Сортировка) (4) amali bosiladi.
Paydo bo’lgan saralash oynasidan foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan parametrlar (1, 2) tanladi.
Alifbo bo’yicha o’sish tartibida saralangan ro’yxat quyidagicha ko’rinish oladi:
Qiymat bo’yicha kamayish tartibida saralangan ro’yxat quyidagicha ko’rinish oladi:
Demak, eng katta maydonga ega bo’linma bu – Qoraqolpog’iston Respublikasi bo’lib, maydoni 160,000 km2 ni tashkil etadi.
Agar ro’yxat raqamlangan bo’lsa, saralash amalidan keyin raqamlash yangi tartib asosida bo’ladi.
Saralashdan avvalgi holat:
Qiymat bo’yicha o’sish tartibida saralangan yangi ro’yxat:
Sana bo’yicha saralash ham xuddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016