Satr bo’limi – Oltinchi qism
9. Oraliq (Интервал)
Qatorlar orasidagi masofani Oraliq (1) amali yordamida o’zgartirish mumkin.
Oraliq masofa bir birlik bo’lgandan matn ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Oraliq masofa ikki birlik bo’lgandan matn ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Satr oraliqlaridagi masofani o’zgartirish uchun Satr oldidan oraliq qo’shish (Добавить интервал перед абзацем), Satrdan keyin oraliqni yo’qotish (Удалить интервал после абзаца) amallaridan (3) foydalaniladi. Quyida keltirilgan misolda Andijon viloyati matnli satrdan keyingi oraliq 6 pt, Buxoro viloyati matnli satrdan avvalgi masofa 12 pt, satrdan keyingi masofa 0 pt, Andijon viloyatidagi tuman nomlari uchun satr oraliq masofalari 1 birlik, Buxoro viloyatlari nomlari uchun esa 2 birlik tanlangan. Ya’ni, Andijon viloyati bilan Andijon tumani satrlari oralig’i 6 pt, Andijon tumani va Asaka tumani satrlari oralig’i 1 birlik, Ulug’nor tumani va Buxoro viloyati satrlari oralig’i 12 pt, Buxoro viloyati va Olot tumani satrlari oralig’i 0 pt, Olot tumani va Buxoro tumani satrlari oralig’i esa 2 birlikni tashkil etadi.
Oraliq masofalarni quyidagi menyudan (2) ham o’zgartirish mumkin:
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016