Satr bo’limi – Beshinchi qism
- Yashirin belgilarni ko’rsatish (Показать все значки, Ctrl+*).
Hujjatdagi yashirin hamma belgilarni (Bo’shliq, keng bo’shliq, qator) ko’rsatadi. Misol uchun ayni matn uchun bu quyidagicha bo’ladi:
Yashirin belgilarni ko’rsatish amalini o’chirib qo’yish uchun yana bir bor o’sha belgining ustiga bosish bilan yoki Ctrl+* tezkor tugmachalari yordamida bajariladi.
- Matn holati
Chapga tekislash (Выровнять по левому краю, Ctrl+L)
Markaz bo’yicha tekislash (Выровнять по центру, Ctrl+E)
O’ngga tekislash (Выровнять по правому краю, Ctrl+R)
Kenglik bo’yicha tekislash (Выровнять по ширине, Ctrl+J)
Matn holatini o’zgartirish uchun uni belgilab tezkor tugmachalarni (Ctrl+L, Ctrl+E…) yoki kerakli belgi ustiga (8) bosish kifoya. Quyida matnning to’rt holati uchun namunalar keltirilgan:
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016