Dasturchi.uz da Word 2013 Darslari
Bugundan boshlab Dasturchi.uz sayti orqali Microsoft Office to’plamidagi Word 2013 dasturi haqida qisqa, sodda tarzda silsila maqolalar berib boramiz. Foydalanuvchilar orasida dasturning rus tilidagi ko’rinishi keng tarqalganligini hisobga olib, darslar davomida berib boriladigan rasmlarda aynan rus tilidagi ko’rinishini ishlatishga qaror qildik. Imkon qadar o’zbek va ingliz tilidagi atamalarni ham berib borishga harakat qilamiz. Dasturdan o’zbek tilida foydalanmoqchi bo’lganlar www.microsoft.com saytidan Microsoft® Office Language Interface Pack 2013 nomli ilovani o’rnatishlari mumkin. Sizni zeriktirmaslik uchun dasturlarimizni qisqa qildik. Maqolalarimiz sizga foydali bo’ladi deb umid qilamiz.
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016