Excelni ochganingizda u tasma (lenta)ning Asosiy (Home, Главная) menyusini ko’rsatadi. Tasmani kichiklashtirish va sozlashni o’rganamiz.
Menyular
Tasmadagi menyular quyidagilar: Fayl (File, Файл), Asosiy (Home, Главная), Kiritish (Insert, Вставка), Sahifa Tartibi (Page Layout, Разметка страницы), Formulalar (Formulas, Формулы), Ma’lumotlar (Data, Данные), Ko’rib Chiqish (Review, Рецензирование) va Ko’rinish (View, Вид). Asosiy menyu Excelda eng ko’p ishlatiladigan buyruqlarni o’z ichiga olgan.
Izoh: Excel 2007 dagi Office tugmasini o’rniga Excel 2010 yoki undan keyingi versiyalarda Fayl menyu chiqadi.
Tasmani kichraytirish
Ekranda ko’proq joy hosil qilish uchun siz tasmani kichraytira olasiz. Tasmaning istalgan joyida o’ng tomonni bosing va Tasmani kichraytirish (Свернуть ленту, Minimize the Ribbon)ni ustiga bosing (yoki CTRL + F1 ni bosing).
Natija.
Tasmani o’zingiz istagandek o’zgartirish
2010 va keyingi versiyalarda, siz o’zingizning shaxsiy menyungizni yaratib, unga buyruqlarni qo’sha olasiz. Agar siz Excelda yangi bo’lsangiz, bu paragrafni qoldirib ketishingiz mumkin.
- Tasmaning istalgan joyida o’ng tomonni bosing va Tasmani sozlash (Настройка ленты…, Customize the Ribbon)ni bosing.
- Создать вкладку (New Tab) tugmasini bosing.
- O’zingiz istagan buyruqlarni qo’shing.
- Menyu va guruhni qayta nomlash.
Izoh: Siz yana, mavjud menyularga yangi guruhlarni qo’sha olasiz. Biror yorliqni yashirish uchun, belgilash katakchasidan tanlashni olib tashlang. Tasma va Tez Kirish (Панель быстрого доступа, Quick Access Toolbar) foydalanish panelidagi barcha qo’shimcha o’zgarishlarni o’chirish uchun (Сброс, Сброс всех настроек, Reset, Reset all customizations) tugmalarini bosing.
Natija.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018