Close
excel_logo

Microsoft Excelga Kirish

I. Kirish

Bu bo’lim Exceldan hech qanday bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun.

Microsoft Excel doim eng ko’p ishlatilgan dasturlardan biri. Dunyo bo’yicha yuz millionlab odamlar Microsoft Exceldan foydalanadi. Siz Excelni barcha turdagi ma’lumotlarni kiritish hamda moliyaviy, matematik yoki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlata olasiz.

1.1. Soha: Excelda soha – bu ikki yoki undan ortiq kataklar to’plami. Bu bo’limda soha bilan bog’liq ba’zi eng muhim amaliyotlarni ko’rib chiqamiz.

1.2. Formula va Funksiyalar: Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.

1.3. Foiz O’zgarishi: Foiz o’zgarishi formulasi Excelda juda ko’p ishlatiladi. Misol uchun, oylik o’zgarishni hisoblash va jami o’zgarishni hisoblash.

1.4. Excel Formulalarda Nomlar: Nomlangan soha yoki nomlangan o’zgarmas miqdor yarating va bu nomlarni formulalaringizda ishlating. Bu narsa sizning formulalaringizni tushunish uchun osonroq qiladi.

1.5. O’zgaruvchan Nomlangan Sohalar: O’zgaruvchan nomlangan soha siz sohaga biror qiymat qo’shganingizda avtomatik tarzda kengayadi.

1.6. Joylashtirish Imkoniyatlari (Параметры вставки, Paste Options): Bu misol Exceldagi turli xil joylashtirish imkoniyatlarini ko’rsatadi.

1.7. Holatlar qatori (Status Bar, Строка состояния): Belgilangan kataklarning o’rtacha qiymati, nechtaligi, sonlari nechtaligi, minimum, maksimum yoki yig’indisini tez ko’rish yo’li – bu holatlar qatoriga bir qarashdir.

1.8. Tezkor Amaliyotlar (Quick Operations, Быстрые операции): Excelda kataklar sohasida amaliyotlarni tez bajarish uchun “Maxsus Joylashtirish Amaliyotlari”dan foydalaning.

1.9. Fibonachchi Ketma-ketligi (Fibonacci Sequence, Последовательность Фибоначчи): Excelda barcha turdagi ketma-ketliklarni osonlik bilan hosil qilish mumkin. Misol uchun, Fibonachchi sonlar ketma-ketligi.

1.10. Ustunlar yoki Qatorlarni berkitish, ko’rsatish (Hide Columns or Rows, Скрыть или Показать): Ba’zan Excelda ustunlar va qatorlarni berkitish foydali bo’ladi.

1.11. Bo’sh kataklarni tashlab joylashtirish (Skip Blanks, Пропускать пустые ячейки): ‘Paste Special Skip Blanks’ (Maxsus Joylashtirish oynasidagi Bo’sh kataklarni tashlab joylashtirish, Специальная вставка, Пропускать пустые ячейки) imkoniyatidan foydalaning va Excel mavjud qiymatlarni ustiga bo’sh joylarni yozmaydi, balki qiymati bor kataklarning qiymatini joylashtiradi.

1.12. Almashtirish (Transpose, Транспонировать): Excel’da qatorlarni ustunlarga yoki ustunlarni qatorlarga o’zgartirish uchun Maxsus Joylashtirishning Almashtirish (Paste Special Transpose, Специальная вставка Транспонировать) imkoniyatidan foydalaning. Shuningdek, TRANSPOSE funksiyasidan ham foydalana olasiz.

1.13. Birlashma va Kesishma (Union and Intersect, Союз и пересечение): Bu misol Excel`da birlashma va kesishma operatorlarini qanday ishlatishni ko’rsatadi (chegara chiziqlari ko’rsatish uchun xolos).

1.14. Tez To’ldirish (Flash Fill, Мгновенное заполнение): Excel 2013 yoki unda keyingi versiyalarda ma’lumotlarni avtomatik ajratib olish yoki birlashtirish uchun flash fill (Мгновенное заполнение) imkoniyatidan foydalaning.

II. Asoslari

Bu qism Excel asoslarini tushuntiradi.

2.1. Tasma  (Ribbon, Lenta)

2.1.1. Tasma (Lenta): Excelni ochganingizda u tasma (lenta)ning Asosiy (Home, Главная) menyusini ko’rsatadi. Tasmani kichiklashtirish va sozlashni o’rganamiz.

2.1.2. Tez Kirish Foydalanish Paneli (Панель быстрого доступа, Quick Access Toolbar): Agar siz biror Excel buyrug’ini tez-tez ishlatsangiz, siz uni Tez Kirish Foydalanish Paneli (Панель быстрого доступа, Quick Access Toolbar)ga qo’shib qo’ya olasiz. Siz Tez Kirish Foydalanish Paneliga hatto lentada bo’lmagan buyruqlarni ham qo’sha olasiz.

III. Funksiyalar

3.1. Hisoblash va Jamlash Funksiyalari: Excelda eng ko’p foydalaniladigan funksiyalar bu – hisoblash va jamlash funksiyalaridir. Siz bir yoki bir necha mezonlar asosida hisoblash va jamlashni amalga oshira olasiz.

3.1.1. Mavjud matnlar soni: Bu misol sizga bir sohada bir matn necha marta uchrashini hisoblashni o’rgatadi.

3.1.2. Mantiqiy Qiymatlarni sanash: Excelda mantiqiy qiymatarni (TRUE (Rost) va FALSE (Yolg’on)) o’z ichiga olgan kataklar sonini sanashni o’rganing.

3.1.3. Bo’sh/Bo’sh bo’lmagan kataklarni sanash: Bu misol Excelda bo’sh va bo’sh bo’lmagan kataklar sonini qanday sanashni ko’rsatadi.

3.1.4. Ko’paytmalar yig’indisini hisoblash (Sumproduct, СУММПРОИЗВ): Bir yoki bir nechta sohalardagi sonlarni ko’paytirib ularni yig’indisini hisoblash uchun, Excelning kuchli SUMPRODUCT (СУММПРОИЗВ) funksiyasidan foydalaning.

3.2. Mantiqiy Funksiyalar: Excelning shart (IF, ЕСЛИ),  “va” (AND, И) hamda “yoki” (OR, ИЛИ) kabi mantiqiy funksiyalarini qanday ishlatishni o’rganing.

3.2.1. Ichma-ich shartlar: Excelda bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa, ЕСЛИ (IF) funksiyasi ichma-ich bo’lishi mumkin. Testni davom ettirish uchun, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qiymat boshqa bir ЕСЛИ (IF) funksiya bilan almashtiriladi.

3.2.2. Bir necha shartlarni tekshirish (IFS, УСЛОВИЯ): Excel 2016 da bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasidan foydalaning. УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi birinchi rost (TRUE, ИСТИНА) shartga to’g’ri kelgan qiymatni qaytaradi.

3.3. Kataklarning Bog’lanishlari: Excelda kataklarning bog’lanishlari juda muhim. Siz nisbiy, mutloq va aralash bog’lanishlarning farqini tushinib oling va muvaffaqqiyat sari olg’a qadam tashlang.

3.3.1. Formulani aynan o’zini ko’chirish: Siz biror formulani boshqa katakka ko’chirib o’tganingizda, Excel katak bog’lanishlarini avtomatik tarzda  formula ko’chirib o’tkazilgan yangi katakka to’g’rilab chiqadi.

3.3.2. 3D-bog’lanish: Excelda 3D-bog’lanish bir nechta ish varaqlaridagi (Sheets, Листы) bir xil katak yoki sohaga bog’lanadi.

3.3.3. Tashqi bog’lanishlar: Excelda tashqi bog’lanish bu – boshqa bir ish kitobining (Excel fayli) biror katak yoki sohasiga bog’lanishidir.

(1,108 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *