Bu misol Exceldagi turli xil joylashtirish imkoniyatlarini ko’rsatadi. Quyidagi B5 katak SUM (СУММ) funksiyani o’z ichiga olgan bo’lib, B2:B4 sohani yig’indisini hisoblaydi. Bundan tashqari, biz bu katakning fon rangini o’zgartirdik va chegara qo’shdik.
Joylashtirish
Joylashtirish imkoniyatlari barcha narsalarni joylashtiradi.
- B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing keyin Copy (Копировать)ni bosing (yoki CTRL +c ni bosing).
- Undan keyin, F5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing va “Paste options” (Параметры вставки) ni tagida Paste (Вставить) ni bosing (yoki CTRL + v ni bosing).
Natija.
Qiymatlar
Qiymatlar uslubi formulaning natijalarini joylashtiradi.
- B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
- So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Qiymatlarni (Values) tanlang.
Natija.
Izoh: B5 katakdagi formulani o’zining natijalariga tez almashtirish uchun, B5 ni tanlang, F2 ni bosing (formulani tahrir qilish) va F9 ni bosing.
Formulalar
Formulalar uslubi faqat formulani joylashtiradi.
- B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
- So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Formulalarni (Formulas) tanlang:
Natija.
Formatlash
Formatlash usuli faqat formatni o’zini joylashtiradi.
- B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
- So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Formatlashni (Formatting) tanlang:
Natija.
Izoh: Format Painter (Формат по образцу) formatdan yanada tezroq nusxa olib qo’yadi.
Maxsus Joylashtirish
Maxsus Joylashtirish (Paste Special, Специальная вставка) muloqot qutisi ko’plab joylashtirish imkoniyatlarini taklif qiladi. Maxsus Joylashtirish qutisini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajaring.
- B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
- So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Maxsus Joylashtirishni (Paste Special, Специальная вставка) tanlang:
Mahsus Joylashtirish qutisi quyidagicha ko’rinadi.
Izoh: Bu yerda siz yuqorida ta’riflanganlardan boshqa joylashtirish imkoniyatlarini ham topaolasiz.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018