Foiz o’zgarishi formulasi Excelda juda ko’p ishlatiladi. Misol uchun, oylik o’zgarishni hisoblash va jami o’zgarishni hisoblash.
1a. C3 katakni tanlang va quyida ko’rsatilgan formulani kiriting.
1b. C3 katakni tanlang va uni Foiz formatga o’zgartiring.
Biz 1a va 1b qadamlarni o’n martalab takrorlashimiz shart emas.
1c. C3 katakni tanlang, C3 katakning pastki o’ng burchagiga bosing va uni C13 katakkacha sudrab tushiring.
1d. Hammasi to’g’ri bo’lganligini tekshiring.
2a. Shunga o’xshash yo’l bilan biz jami o’zgarishni hisoblay olamiz. Bu safar B2 katakni mutlaq havola qilib mustahkamlab olamiz. D3 katakni belgilang va quyida ko’rsatilgan formulani kiriting.
2b. D3 katakni belgilang va uni Foiz formatga o’zgaritiring.
2c. D3 katakni belgilang, katakning pastki o’ng burchagiga bosing va uni C13 katakkacha sudrab tushiring.
2d. Hammasi to’g’ri bo’lganligini tekshiring.
Tushuntirish: formulani sudrab boshqa kataklarga tortilganda, nisbiy havola (B3) B4, B5, B6 va hkz.larga o’zgarsa ham mutlaq havola ($B$2) bir xil turadi. Balki bu qadam bu bosqichda sizga sal murakkab tuyulishi mumkin, lekin u Exceldagi ko’plab kuchli xususiyatlardan birini ko’rsatadi.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018