Soha
Excelda soha – bu ikki yoki undan ortiq kataklar to’plami. Bu bo’limda soha bilan bog’liq ba’zi eng muhim amaliyotlarni ko’rib chiqamiz.
Katak, Qator, Ustun
Keling, katak, qator va ustunni belgilashdan boshlaymiz.
- C3 katakni belgilash uchun C ustun va 3-qator kesishmasidagi katakni bosing.
- C ustunni tanlash uchun C ustun sarlavhasiga bosing.
3. 3-qatorni tanlash uchun, 3-qator sarlavhasiga bosing
Sohaga Misollar
Soha ikki yoki undan ortiq kataklar to’plami.
- B2:C4 sohani tanlash uchun, B2 katak ustiga bosing va C4 katakka torting.
- Alohida kataklar sohasini belgilash uchun, CTRL ni bosib turgan holda sohaga kiritishni xohlagan har bir katakni ustiga bosing.
Sohani to’ldirish
Sohani to’ldirish uchun, quyidagilarni ketma-ket bajaring.
1a. B2 katakka 2 qiymatni kiriting.
1b. B2 katakni belgilab, B2 katakning pastki o’ng burchagiga bosing va uni pastga B8 katakka sudrang.
Natja:
Bu sudrash (sudrab olib kelish) tehnikasi juda ham muhim va siz uni Excelda tez-tez ishlatasiz. Quyida boshqa bir misol:
2a. B2 katakka 2 qiymatni va B3 katakka 4 qiymat kiriting.
2b. B2 va B3 kataklarni belgilang, ushbu sohaning pastki o’ng burchagiga bosing va uni pastga sudrang.
Excel dastlabki ikki qiymatlarning namunasi asosida sohani avtomatik tarzda to’ldiradi. Bu juda zo’rku, shunday emasmi!? Quyida boshqa bir misol:
3a. B2 katakka 6/13/2016 sanasini va B3 katakka 6/16/2016 sanasini kiriting.
3b. B2 va B3 kataklarni belgilang, bu sohaning pastki o’ng burchagiga bosing va uni pastga sudrang.
Osmon chegara!
Sohani siljitish
Sohani siljitish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.
- Sohani belgilang va uning chegarasi ustiga bosing.
2. Sohani uning yangi joyiga sudrang.
Sohadan Nusxa olish/Qo’yish
Sohadan nusxa olish va qo’yish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.
- Sohani belgilang, sichqonchani o’ng tomonini bosing (bundan keyin qisqacha: o’ng tomonni bosing) va Copy (Копировать)ni bosing (yoki “CTRL + c” ni bosing).
- Sohaning birinchi katagi ko’rinishi kerak bo’lgan katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va “Paste Options:” (Параметры вставки)ning ostidagi Paste’ni (Вставить) bosing (yoki “CTRL + v” ni bosing).
Qator, Ustun kiritish
20 va 40 qiymatlar orasiga qator kiritish uchun, quyidagilarni ketma-ket bajaring.
- 3-qatorni belgilang.
2. O’ng tomonni bosing va Insert ni bosing (yoki “CTRL + Shift + =” ni bosing).
Natija:
Yangi qatordan quyidagi qatorlar pastga surilgan. Shunga o’xshash yo’l bilan, ustun ham kirita olasiz.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018