Nomlangan soha yoki nomlangan o’zgarmas miqdor yarating va bu nomlarni formulalaringizda ishlating. Bu narsa sizning formulalaringizni tushunish uchun osonroq qiladi.
Nomlangan Soha
Nomlangan soha yaratish uchun quyidagilarni bajaring.
- A1:A4 sohani tanlang.
- Formularlar menyusida, Define Name (Nom berish, Присвоить имя ) ni bosing.
- Nom kiriting va OK ni bosing.
Buni yanada tezroq bajarish yo’li bor.
- Sohani tanlang, Name (Nom, Имя) katakda nom kiriting va Enter ni bosing.
- Endi siz formulalarda bu nomlangan sohani ishlata olasiz. Misol uchun, Narhlar yi’g’indisi.
Nomlangan o’zgarmas miqdor
Nomlangan o’zgarmas miqdor yaratish uchun, quyidagilarni bajaring.
- Formularlar menyusida, Define Name (Nom berish, Присвоить имя ) ni bosing.
- Nom kiriting, qiymatni yozing va OK ni bosing.
- Endi siz bu nomlangan o’zgarmas miqdorni formulalaringizda ishlata olasiz.
Izoh: Agar SoliqStavkasi o’zgarsa, nomni tahrirlash uchun Name Manager (Диспетчер имен)dan foydalaning va Excel SoliqStavkasi ishlatilgan barcha formulalarni avtomatik tarzda yangilaydi.
Nomni Boshqarish (Name Manager, Диспетчер имен)
Berilgan nomlarni tahrirlash va o’chirish uchun, quyidagilarni bajaring.
- Formularlar menyusida, Name Manager (Диспетчер имен)ni bosing.
- Misol uchun, SoliqStavkasini tanlang va Edit (Изменить..)ni bosing.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018
(1,632 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)