Excelda sanalar va vaqtlar turli formatlarda ko’rsatilishi mumkin. Biror sana yoki vaqtga format berish uchun, quyidagilarni amalga oshiring.
- A1 katakni tanlang.
- O’ng tomonni bosing va Format Cells (Формат ячеек…) ni bosing.
- Category list (Числовые форматы) dan Date (Дата) ni tanlang va Sana formatlaridan birortasini tanlang.
- OK ni bosing.
Izoh: Vaqt formatini berishi uchun Category list (Числовые форматы) da Time (Время) ni tanlang.
- 5. Excelda sanalar sonlardek saqlanadi va kunlar soni 1900 yil, 0-yanvardan hisoblanadi.Vaqtlar ichki tomonda 0 dan 1 gacha bo’lgan sonlar sifatida saqlanadi. Buni yaqqol ko’rish uchun, A1, B1 va C1 kataklarining son (number, числовой) formatini Umumiy (General, Общий) ga o’zgartiring.
Izoh: Ko’rinib turiptiki, 1900 yil 0-yanvardan 43273 kun keyin 2018 yil 22 iyunga to’g’ri keladi. 17:35 esa, 0.73263889 kabi ko’rsatilgan (taqriban, kunning to’rtdan uchi).
- 6. Siz vaqtlarni 17:35 shaklida kiritishingiz mumkin, lekin Excel bu vaqtni formulalar qatorida 5:35:00 PM sifatida ko’rsatadi. AM – tungi 00:00 dan 11:59 gacha bo’lgan vaqtni bildirish uchun ishlatiladi. PM – esa, tushdan keyingi va kechqurungi vaqtlar uchun ishlatiladi.
- 7. C1 katakning son formatini faqat Sanaga (Date, Дата) o’zgartiring.
Izoh: Hali ham C1 katak 43273.73264 sonini o’z ichiga olib turipti. Biz faqat sonning ko’rinishini o’zgartirdik xolos, sonni o’zini emas.
- 8. Nihoyat, agar sizga to’g’ri keladigan sana yoki vaqt formatini topa olmayotgan bo’lsangiz, o’zingizga mos sana va vaqt formatini hosil qiling.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018
(786 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)