Nisbiy bog’lanish | Mutloq bog’lanish | Aralash bog’lanish
Excelda kataklarning bog’lanishlari juda muhim. Siz nisbiy, mutloq va aralash bog’lanishlarning farqini tushinib oling va muvaffaqqiyat sari olg’a qadam tashlang.
Nisbiy bog’lanish
Barcha hollarda, Excel dastlab nisbiy bog’lanishni ishlatadi. Quyida D2 katakdagi formulani ko’ring. D2 katak B2 va C2 kataklarga bo’g’lanadi (ishora qiladi). Ikkala bog’lanish ham nisbiy bog’lanishdir.
D2 katakni tanlang, D2 katakning pastki o’ng burchagiga bosing va uni D5 katakgacha torting.
D3 katak B3 va C3 kataklarga bog’langan. D4 katak B4 va C4 kataklarga bog’lanadi. D5 katak B5 va C5 kataklarga bog’lanadi. Boshqacha qilib aytganda: har bir katak o’zining chapdagi ikki qo’shnisiga bog’lanadi.
Mutloq bog’lanish
Quyida E3 katakdagi formulani ko’ring.
- H3 katakka mutloq bog’lanishni hosil qilish uchun, E3 katakdagi formulaning ustun harfi va qator raqamining oldiga $ belgisini qo’ying ($H$3).
2. Endi biz bu formulani boshqa kataklarga osongina ko’chira olamiz.
H3 katakka bog’lanish mahkamlangan (formulani pastga va yonga sudrab tortilganda ham bog’lanish saqlanib qoladi). Natijada, dyumdagi bo’yi (Length) va eni (Width) to’g’ri hisoblanadi.
Aralash bog’lanish
- Ba’zan biz nisbiy va mutloq bog’lanishlarni birgalikda ishlatishga ehtiyoj sezamiz (aralash bog’lanish). Quyida F2 katakdagi formulani ko’ring.
2. Biz bu formulani boshqa kataklarga ko’chirib o’tamiz. F2 katakni bir katak yonga tortamiz va G2 katakdagi formulaga qaraymiz.
Nima bo’lganini ko’rdingizmi? Narhga (Price) bog’lanish B ustunga mutloq turdagi bog’lanish bo’lishi kerak. Yechim: F2 katakdagi formuladagi ustun harfining oldiga $ belgisini qo’ying ($B2). Huddi oldingidek, F2 katakni pastga tortganda ham Narhni tushurish (Reduction) 6-qatorga mahkamlangan bo’lishi kerak. Yechim: F2 katakdagi formulada qator raqamining oldiga $ belgisini qo’ying (B$6).
Natija:
Izoh: $B2 katakning qator raqamlari oldiga $ belgisini qo’ymaymiz (biz bu bilan, formulani pastga tortganda ham bog’lanishning $B2 (Jeans) dan $B3 (Shirts) ga o’zgarishini ta’minlaymiz). Huddi shuningdek, B$6 ning ustun harfining oldiga ham $ belgisini qo’ymaymiz (biz bu bilan, formulani yonga tortganda ham bog’lanishning B$6 (Jan) dan C$6 (Feb) va D$6 (Mar) ga o’zgarishini ta’minlagan bo’lamiz).
3. Endi biz bu formulani osongina boshqa kataklarga torta olamiz.
B ustun va 6-qatorga bog’lanish mustahkamlangan.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018