Tashqi bog’lanish hosil qilish | Ogohlantirish | Havolalar (link)ni tahriri qilish
Excelda tashqi bog’lanish bu – boshqa bir ish kitobining (Excel fayli) biror katak yoki sohasiga bog’lanishidir. Quyida uchta bo’limlarning fayllari topishingiz mumkin (North, Mid, South).
Tashqi bog’lanish hosil qilish
Tashqi bog’lanish hosil qilish uchun quyidagilarni amalga oshiring.
- Barcha ish kitoblarini (Excel fayllarni) oching.
- Company faylda, B2 katakni tanlang va barobar (=) belgisini kiriting.
- Menyuning View (Вид) bo’limi, Window (Окно) guruhida, Switch Windows (Перейти в другое окно)ning ustiga bosing.
- North`ni ustiga bosing.
- North faylni ichida B2 katakni tanlang.
- + belgisini kiriting.
- 3 dan 6 gacha qadamlarni Mid ish kitobi uchun takrorlang.
- 3 dan 5 gacha qadamlarni South ish kitobi uchun ham takrorlang.
- B2 katakdagi formuladan $ belgilarini olib tashlang.
Natija:
10. Formulani boshqa kataklarga ko’chiring.
Ogohlantirish
Barcha ish kitoblarni yoping. Biror bo’limning ish kitobida (faylda) biror sonni o’zgartiring. Yana hamma fayllarni yoping. Company ish kitobini (faylni) oching.
- Barcha havolalarni yangilash uchun Enable Content (Включить это содержимое) bosing.
- Havolani yangilamaslik uchun esa, X ni bosing.
Izoh: agar siz boshqa bir ogohlantirishni ko’rsangiz, Update yoki Don’t Update’ni bosing.
Havolalarni tahrir qilish
Data (Данные) bo’limida, Connections (Подключения) guruhida Edit Links (Изменить связи) dialog oynasini ishga tushirish uchun Edit Links (Изменить связи)ni bosing.
- Agar havolalarni yangilamagan bo’lsangiz, siz havolalarni bu yerda yangilashingiz mumkin. Biror ish kitobini tanlang va shu ish kitobidagi havolalarni yangilash uchun Update Values ni bosing. Status qanday OK ga o’zgarganiga e’tibor bering.
- Agar siz o’sha ogohlantirish chiqishini xohlamasangiz va havolalarni avtomatik tarzda yangilamoqchi bo’lsangiz, Start Promt bosing, uchinchi variantni tanlang va OK ni bosing.
Manba: excel-easy.com
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018