Excelda 3D-bog’lanish bir nechta ish varaqlaridagi (Sheets, Листы) bir xil katak yoki sohaga bog’lanadi. Buni qanday qilishni ko’rishdan avval, uning muqobilini ko’rib chiqamiz.
1.“Company” ish varag’ida, B2 katakni tanlang, va barobar (=) belgisini kiriting.
2. “North” ish vaqag’iga boring, B2 katakni tanlang va qo’shuv (+) ni yozing.
3. “Mid” va “South” ish varaqlari uchun 2-qadamni takrorlang.
Natija.
4. Bu anchagina ko’p ish. Buning o’rniga, SUM (СУММ) funksiyasiga argument sifatida quyidagi 3D-bog’lanishdan foydalaning: North:South!B2
Formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi: =SUM(North:South!B2) yoki =СУММ(North:South!B2)
5. “North” va “South” ish varaqlarining orasiga yangi ish varag’i qo’shsangiz, u avtomatik tarzda B2 katakdagi formulani ichiga kiradi.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018