Close
excel_logo

3.3.1. Formulani aynan o’zini ko’chirish

Siz biror formulani boshqa katakka ko’chirib o’tganingizda, Excel katak bog’lanishlarini avtomatik tarzda  formula ko’chirib o’tkazilgan yangi katakka to’g’rilab chiqadi.

Misol uchun, quyidagi A3 katakda A1 katakning qiymatini A2 katakning qiymatiga qo’shadigan formula bor.

1

Siz bu formulani B3 katakka ko’chirib o’tkaningizda (A3 katakni belgilang, “CTRL + c”ni bosing, B3 katakni belgilang, “CTRL + v”ni bosing), formula avtomatik tarzda B ustundagi qiymatlarga ishora qiladi (bog’lanadi).

2

Izoh: B3 katakdagi formula B1+B2 bo’ldi.

Agar siz buni xohlamasangiz, balki formulaning aynan o’zini ko’chirib o’tishni xohlasangiz (katak bog’lanishlarini o’zgartirishsiz), quyidagilarni amalga oshiring.

  1. Formulalar qatoriga bosing va formulani belgilang.3
  2. “CTRL + c” ni bosing va “Enter”ni bosing.
  3. B3 katakni tanlang va yana formulalar qatoriga bosing.
  4. “CTRL + v”ni bosing va “Enter”ni bosing.

Natija:

4

Endi A3 va B3 kataklarda aynan bir xil formula joylashgan (A1+A2).

(167 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: