Excel 2016 da bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasidan foydalaning. УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi birinchi rost (TRUE, ИСТИНА) shartga to’g’ri kelgan qiymatni qaytaradi.
Izoh: Agar sizda Excel 2016 bo’lmasa, siz ichma-ich shart funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
1a. Agar A1 katak 1 ga teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi “Bad” natijasini qaytaradi.
=УСЛОВИЯ(A1=1,”Yomon”,A1=2,”Yaxshi”,A1=3,”A’lo”,ИСТИНА,”Yaroqli ball yo’q”)
=IFS(A1=1,”Yomon”,A1=2,”Yaxshi”,A1=3,”A’lo”, TRUE,”Yaroqli ball yo’q”)
1b. Agar A1 katak 2 ga teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi “Good” qaytaradi.
1c. Agar A1 katak 3 ga teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi “Excellent” qaytaradi.
1d. Agar A1 katak boshqa bir qiymatga teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi “No Valid Score” qaytaradi.
Izoh: rost (TRUE, ИСТИНА) ning o’rniga, siz 1=1 yoki doim rost (TRUE, ИСТИНА) bo’lgan biror narsani ishlatishingiz mumkin.
Bu yerda boshqa bir misol.
2a. Agar A1 katak 10 dan kichik yoki teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi 350 qaytaradi.
=УСЛОВИЯ(A1<=10,350,A1<=20,700,A1<=30,1400,A1>30,2000)
=IFS(A1<=10,350,A1<=20,700,A1<=30,1400,A1>30,2000)
2b. Agar A1 katak 10 dan kattaroq va 20 dan kichik yoki teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi 700 qaytaradi.
2c. Agar A1 katak 20 dan kattaroq va 30 dan kichik yoki teng bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi 1400 qaytaradi.
2d. Agar A1 katak 30 dan kattaroq bo’lsa, УСЛОВИЯ (IFS) funksiyasi 2000 qaytaradi.
Izoh: O’zingizning formulangizda chegaralarni biroz o’zgartirish uchun siz “<=” ning o’rniga “<” belgisini ishlatishingiz mumkin.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018