Excelda bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri kelib qolsa, ЕСЛИ (IF) funksiyasi ichma-ich bo’lishi mumkin. Testni davom ettirish uchun, yolg’on (FALSE, ЛОЖЬ) qiymat boshqa bir ЕСЛИ (IF) funksiya bilan almashtiriladi.
Izoh: agar sizda Excel 2016 bo’lsa, osongina (УСЛОВИЯ) IFS funksiyasidan foydalaning.
1a. Agar A1 katak 1 ga teng bo’lsa, formula “Yomon” degan qiymat qaytaradi.
= IF(A1=1,”Yomon”, IF(A1=2,”Yaxshi”, IF (A1=3,”A’lo”,” Yaroqli Ball Yo’q”))) yoki
=ЕСЛИ(A1=1,”Yomon”,ЕСЛИ(A1=2,”Yaxshi”,ЕСЛИ(A1=3,”A’lo”,” Yaroqli Ball Yo’q”)))
1b. Agar A1 katakni qiymati 2 ga teng bo’lsa, formula “Yaxshi” degan qiymat qaytaradi.
1c. Agar A1 katakni qiymati 3 ga teng bo’lsa, formula “A’lo” degan qiymat qaytaradi.
1d. Agar A1 katak boshqa qiymatga teng bo’lsa, formula “Yaroqli Ball Yo’q”.
Bu yerda yana boshqa bir misol.
2a. Agar A1 katak 10 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 350 qaytaradi.
=IF(A1<=10,350,IF(A1<=20,700,IF(A1<=30,1400,2000)))
= ЕСЛИ (A1<=10,350, ЕСЛИ (A1<=20,700, ЕСЛИ (A1<=30,1400,2000)))
2b. Agar A1 katak 10 dan katta va 20 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 700 qaytaradi.
2c. Agar A1 katak 20 dan kattaroq va 30 dan kichik yoki teng bo’lsa, formula 1400 qaytaradi.
2d. Agar A1 katak 30 dan kattaroq bo’lsa, formula 2000 qaytaradi.
Izoh: O’zingizning formulangizda chegaralarni biroz o’zgartirish uchun siz “<=” ning o’rniga “<” belgisini ishlatishingiz mumkin.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018