Excelda eng ko’p foydalaniladigan funksiyalar bu – hisoblash va jamlash funksiyalaridir. Siz bir yoki bir necha mezonlar asosida hisoblash va jamlashni amalga oshira olasiz.
Hisoblash (COUNT, СЧЁТ)
Sonlarni o’z ichiga olgan kataklar sonini hisoblash uchun COUNT (СЧЁТ) funksiyasidan foydalaning.
Shart asosida hisoblash (COUNTIF, СЧЁТЕСЛИ)
Kataklarni bir mezon asosida hisoblash uchun (masalan, 9 dan kattaroq), COUNTIF (СЧЁТЕСЛИ) funksiyadan foydalaning.
Bir necha shartlar asosida hisoblash (COUNTIFS, СЧЁТЕСЛИМН)
Bir nechta mezonlar asosida kataklar sonini hisoblash uchun (masalan, yashil va 9 dan kata) COUNTIFS (СЧЁТЕСЛИМН) funksiyalaridan foydalaning.
Jamlash (SUM, СУММ)
Kataklar sohasini jamlash uchun, SUM (СУММ) funksiyasidan foydalaning.
Shart asosida jamlash (SUMIF, СУММЕСЛИ)
Kataklarni bir mezon asosida jamlash uchun (masalan, 9 dan kattaroq), SUMIF (СУММЕСЛИ) funksiyasidan foydalaning (ikkita argumentli).
Quyidagi kataklarni bir mezon asosida jamlash uchun (masalan, yashil), mana bu SUMIF (СУММЕСЛИ) funksiyasidan foydalaning (uchta argumentli, ohirgi argument bu – jamlash uchun soha).
Bir necha shartlar asosida jamlash (SUMIFS, СУММЕСЛИМН)
Bir necha mezonlar asosida kataklar qiymatini jamlash uchun (masalan, ko’k va yashil), quyidagi SUMIFS (СУММЕСЛИМН) funksiyadan foydalaning (birinchi argument bu – jamlash uchun soha).
Umumiy eslatma: xuddi shu tarzda, bir yoki bir necha shartlar asosida kataklarni o’rtacha qiymatini topishda AVERAGEIF (СРЗНАЧЕСЛИ) va AVERAGEIFS (СРЗНАЧЕСЛИМН) funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018
Salom. Dasturchi.uz Admini men EXEL bo’yicha vide darsliklarni qanday olsam bo’ladi shuni so’ramoqchi edim.
Assalomu alaykum!
Hozircha, biz Excel bo’yicha video darslar tayyorlamadik. Ba’zi videolarni mover uz saytida ko’rishingiz mumkin:
https://mover.uz/video/tag/excel%202007/