Excel’da qatorlarni ustunlarga yoki ustunlarni qatorlarga o’zgartirish uchun Maxsus Joylashtirishning Almashtirish (Paste Special Transpose, Специальная вставка Транспонировать) imkoniyatidan foydalaning. Shuningdek, TRANSPOSE funksiyasidan ham foydalana olasiz.
Maxsus O`girib Joylashtirish (Paste Special Transpose, Специальная вставка Транспонировать)
Ma’lumotni o’girish uchun quyidagi amallarni bajaring.
- A1:C1 sohani belgilang.
- O’ng tomonni bosing va Copy (Копировать, CTRL+c)ni bosing.
- E2 katakni belgilang.
- O’ng tomonni bosing, so’ngra “Maxsus joylashtirish” (Paste Special, Специальная вставка)ni bosing.
- Transpose (Транспонировать) ni belgilang.
- OK ni bosing.
Transpose (ТРАНСП) Funksiyasi
Transpose (ТРАНСП) funksiyasini qo’shish uchun quyidagilarni bajaring.
- Avval, yangi kataklar sohasini belgilang.
- Agar Excelning inglizcha versiyasida sihlayotgan bo’lsangiz TRANSPOSE( , agar ruschasida ishlayotgan bo’lsangiz ТРАНСП( deb yozing.
- A1:C1 sohani tanlang va qavsni yoping.
- CTRL + SHIFT + ENTER ni bosish bilan yakunlang.
Izoh: Formulalar qatori bu formulani shaklli qavs {} ichiga olib, uning massiv formula ekanini ko’rsatmoqda. Bu massiv formulani o’chirish uchun E2:E4 sohani belgilang va Delete tugmasini bosing.
Iskandar Ashurovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- 3.4.1. Excelda Sana va Vaqt Formatlari - 22/06/2018
- 3.4. Sana va Vaqt Funksiyalari - 30/05/2018
- 3.3.3. Tashqi bog’lanishlar - 20/05/2018
(527 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)