Close
cth57d7wyaarpnb

Biznesni Garajda boshlagan…

Amazon – 1994 yilida Jef Bezos tomonidan onlayn kitob dukonini garajda ochdi.

Apple – 1976 yilda Stiv Jobs va Stiv Voznayk (21 va 26 yoshlarda) “Apple Computer” kompaniyasini garajda ochdi. Birinchi ishini 50 dona Voznaykning Apple I kompyuterini 500$ ga sotish bilan boshladi.

Disney – 1923 yilda Walt va uning akasi Roy amakisining bitta mashinalik garajida birinchi Disney Studiosini ochdi. (Walt Disney kompaniyasi)

Google – 1998 yilda Syuzan Vojiki’ning garajida Stanford universitetining bitiruvchilari Larriy Peyj va Sergey Brin’lar ish boshlashdi.

Harley Davidson – 1901 yilda 21 yoshli Uilyam S. Harley velosipedlar uchun kichik motorchani yaratishni rejalashtirdi. Keyingi 2 yil ichida Harley va uning bolalikdagi do’sti Artur Davidson bilan (10 ga 15 metrlik yog’och omborxonada, garajga tenglashtirilgan) motosiklni yaratdi. Hozirda Harley-Davidson dunyoda mashhur motosikl brendi sifatida tanilgan.

Xulosa o’rnida:

Hamma narsa noldan boshlanadi. Hozirda u kompaniyalarni natijalarini ko’rib, “Hech qachon bularga o’xshashlarini boshlay olmayman” deb o’ylarsiz. Haq bo’lishingiz mumkin, lekin ularning bugungi kungi yutuqlariga juda ko’p yillar ketdi.

Ular Amazon, Apple yoki Google kabilarni tuzish uchun boshlashmagan edi. Ular shunchaki onlayn kitob do’koni, komyuter va qidiruv algoritmlarini tuzish uchun boshlashdi.

Qayerda boshlashingizni ahamiyati yo’q, u garajmi, yer to’lami yoki yotoqxonadami, muhimi har bir biznes oddiy(kamtarin) boshlanish bilan boshlanadi.

https://goo.gl/TPahpw dan foydalanib, Sherali Turdiyev tayyorladi.

(224 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: