Wikipedia: Men barcha narsani bilaman!
Google: Menda barcha narsa mavjud!
Facebook: Men barchani taniyman!
Internet: Mensiz sizlar hech kimsizlar!
Elektr quvvati: Ola, Nortoy!
Dasturchi: Google haqida qiziq fakt- foydalanuvchilar 50%i undan qidiruv tizimi sifatida ishlatishadi.
Shogirt: Qolgan 50%i nimaga ishlatadi?..
Dasturchi: Internet bor yo’qligini tekshirish uchun.
Birdan “wifi”yim ishlamay qoldi. Keyin bilsam qo’shnilarim internet haqini vaqtida to’lamagan ekan. Qanchalar mas’uliyatsiz-a odamlar…?!
Iste’molchi: “Men internetga ulanolmayapman.”
Texnik xodim: “Ha tushunarli. Qaysi operatsion tizimni ishlatmoqdasiz?”
Is.: “Sarkor telekom.”
T.x: “Yo’q, Windowsning qaysi muqobili o’rnatilgan?”
Is.: “Hmmmm…LG!?”
T.x: “Uff, to’xtang. Xo’sh ‘Mening kompyuterim’ga o’ng tarafni bosing va menyudan tuzilmalarga kiring.”
Is.: “NIMA???! -mening kompyuterim? Qanaqasiga sizniki bo’larkan?!”
Men yangi parolimni “noto’g’ri” deb atab saqladim. Endi qachonki uni esdan chiqarsam, kompyuterim menga “parolingiz NOTO’G’RI” deb aytib turadi.
Optimist uchun piyola -yarim to’la. Pessimistga esa aksincha -yarmi bo’sh. Dasturchi uchun esa piyola kerak hajmidan ikki marta katta.
Ikki dasturchi choyxonada so’zlashmoqda:
-E ishonmaysanda, tunov kuni uylantirish maqsadida uydaligilar uchrashuvga olib chiqdilar!..
-Xo’sh keyinchi?
-Juda odobli qiz ekan.
-Rostdanmi? Keyin nima bo’ldi aytsangchi!
-Qo’lida noutbuk ham bor ekan.
-Eee, qiziq qismini avvalroq aytsang bo’lmasmidi? Qanaqa model, xususiyatlaridan gapirchi?…
Hayotda ko’p narsalar xuddi internet domeniga o’xshaydi, sizga yoqqani allaqachon olingan bo’ladi.
Xaridor kompyuter do’koniga kirib demoqda – “Menga shunday bir dastur kerakki grafikaga boy, ayniqsa sarguzashtli bo’lsin, eng muhimi boshqotirmalari serob bo’lsin.”
“Xo’sh,” debdi sotuvchi, “Vistani o’rnatib ko’rganmisiz?”
manba: unijokes.com
Abdulaziz Qodirov tarjimasi
Abdulaziz Qodirov rahmat sizga, bir-biridan qiziq maqolalar, tarjimalar uchun.