Close
images

Dasturchi Hayoti

Mendan nima qolar — besh-o’n qator kod,
Ikki sandiq disku, eski diskovod,
Sistemga o’tirgan chirkin viruslar,
Va bazasi eskirgan 32 «Nod».

Kompda o’tiribman, sezib turibman,
Netdan kelayotir viruslar toshib,
«CPU» kuchanadi, «RAM» ga yolvorib,
Titraydi, qaqshaydi nagruzka oshib.

Ko’chaga men yana chiqamanmi-a?
Ulfat-la choyxonada o’tirolmadim,
To’rtta dasturim bor «bug»larga to’la,
Chalasin hali ham bitirolmadim.

O’g’lim ekranga boq, ko’rgin ne savdo,
Bu ishlar tarixin «Notepad»ingda yoz,
Kimlarga yetmaydi boylik, mol-dunyo,
«Facebook»ing yig’ishtir, trafigim oz.

«Video-card» turibdi, xo’p qizigan, cho’g’,
«Case» ning qopqog’in hecham yopmadim,
Gezargan «keybord»im, bitta «key»i yo’q
Bir paytlar yo’qolgan, hanuz topmadim.

Ekranga qarayman ko’zim qizarib,
Yotganda qo’l soat yuzga uribdi,
Qop-qora sochlarning bir chekkasidan
Bir tutam oq tola boqib turibdi.

(Nodir Nazarov. Internetdan ko’chirildi va biroz sayqallandi.)

(747 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: