Hozir ko’pchilik uchun “befoyda” va “keraksiz” bo’lgan Win tugmachasi yordamida bajarish mumkin bo’lgan ba’zi amallarni ko’rib chiqamiz:
1. “Start” ( “Пуск” ) menyusini ochish ( Windows 8 tizimida Metro holatiga o’tish )
2. Win+B — Soat oldidagi tugmachalarga o’tish. Keyingi amallarni bo’shliq (space, пробел) va ko’rsatgich tugmachalari orqali bajarish mumkin
3. Win+D — Ish stoliga (Desktop, Рабочий стол) o’tish
4. Win+E — Papkalar tizimiga o’tish (Проводник)
5. Win+F — Qidiruv xizmatiga o’tish
6. Win+L — Tizimdan chiqib ketish
7. Win+M — Barcha oynalarni ixchamlashtirish (Свернуть)
8. Win+P — Qo’shimcha monitor yoki proyektorlarga o’tish
9. Win+R — Barajarish xizmatiga (Run, Выполнить) o’tish
10. Win+T — Paneldagi dastur tugmachalariga o’tish. Birinchi marta bosish orqali birinchi turgan dasturga o’tiladi, yana shu tugmani bosib, keyingi dasturlarga o’tishingiz mumkin.
11. Win+U — Maxsus imkoniyatlar markaziga o’tish (Common tools, Центр специальных возможностей)
12. Win+X — Windows 7 ning Mobil dasturlari markaziga o’tish. Windows 8 da yashiringan “Start” (Пуск) menyusini ochadi.
13. Win+Pause — Tizim sozlamalariga o’tish.
14. Win+F1 — Windows Ma’lumot markaziga o’tish.
15. Win+1,2,3,… — Paneldagi raqamga mos tartibdagi dastur tugmachalari bosish.
16. Win+Shift+1,2,3,… — Paneldagi raqamga mos tartibdagi dastur tugmachalari bosish, bunda dasturlarning yangi oynasi ochiladi.
17. Win+Ctrl+1,2,3,… — Bir dastur ichida turli oynalarga o’tish.
18. Win+Tepaga (Up arrow, Стрелка вверх) — Oynani butun ekranga yoyish.
19. Win+Pastga (Down arrow, Стрелка вниз) — Oynaning oldingi holatiga qaytish, kichraytirish.
20. Win+O’ngga yoki Chapga (Right, Left arrows, Стрелка вправо или влево) — Oynani ekranning o’ng yoki chap tomoniga joylashtirish.
21. Win+Shift+O’ngga yoki Chapga (Right, Left arrows, Стрелка вправо или влево) — Oynani boshqa monitorga ko’chirish.
22. Win+Bo’shliq (Space, Пробел) — Windows 7 da Ish stoliga nazar solish.
23. Win+TAB — aktiv oydan boshqa oynaga ko’chish (64-bitlik tizim uchun)
Maqola http://vk.com/i_technology asosida tayyorlandi.
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016
(2,243 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)
Faqat Windows 7 dselar togri bolard!!!