Windows operatsion tizimida fayl kengaytmalarini qanday o’zgartirsa bo’ladi?
Fayl kengaytmalari turlicha bo’lib, ular faylning turini hamda qaysi ilova orqali ochilishi kerakligini aniqlashda muhim o’rin tutadi. Masalan: .txt, .exe, .doc, .jpg va hokazo. Turli sabablarga ko’ra ba’zida ularni o’zgatirishga to’g’ri kelib qoladi. Windows XP tizimida buni amalga oshirish uchun muammo yo’q. Kerakli faylni belgilab, “Qayta nomlash” (Переименовать, Rename) amali orqali fayl nomini va kengaytmasini qiyinchiliksiz o’zgartirsa bo’ladi. Ammo, Windowsning keying tizimlarida buning uchun biroz mehnat talab qilinadi.
Quyidagi misolda bu qanday amalga oshirishni ko’rib chiqamiz. Dasturchi nomli fayl .txt kengaytmasiga ega, Блокнот (Notepad) ilovasi yordamida ochiladi.
Hujjatning .txt kengaytmasini .rtf ga o’zgartirish uchun, fayl joylashgan papkaga kirib, Alt tugmasi bosiladi. Papkaning tepa qismida paydo bo’lgan menyudan Сервисga kirib, Параметры папок… tanlanadi.
Hosil bo’lgan oynadan Вид bo’limiga kirilib, Скрывать расширения для зарегистрированных типов файлов qismidagi belgi olib tashlanadi.
Natijada holat quyidagicha bo’ladi va OK tugmasi bosiladi.
Endi Windows tizimi fayllarning kengaytmalarini ko’rsatishni boshlaydi.
Faylni belgilab qo’shimcha menyudan Переименовать tanlanadi yoki F2 tugmasi bosiladi. Kerakli kengaytma nomi kiritiladi (misolda .rtf).
Kengaytmani o’zgartirib saqlayotganingizda quyidagi ogohlantirish paydo bo’ladi. OK tugmasi bosiladi.
Endi fayl quyidagi ko’rinishda bo’ladi. E’tibor bering, endi uni ochadigan ilova ham o’zgargan.
Bekzod Ahmadalining so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Windowsda fayl kengaytmalarini o’zgartirish - 03/05/2017
- Word 2013 – O’n birinchi dars - 13/03/2017
- Word 2013 – O’ninchi dars - 08/12/2016