Close
yordam.uz

Yordam.Uz’da dasturlashdagi savollarga javob oling!

Dasturlashdagi ma’lumotlar asosan ingliz tili yoki rus tilidaligi ko’pchilikka ma’lum oddiy haqiqatdir. O’zbek tilida dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ma’lumotlarni dasturchi.uz sayti ko’ngilli jamoasi o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlardandir.  O’zbek tilida dasturlashni o’rgatadigan, tehnologiyalar va internet olamida qaynoq yangiliklarni yetkazib beradigan saytlar, shukrki ko’payib soni va sifati oshmoqda. Ba’zilarini eslab o’tadigan bo’lsak, bularga dastur.uz, azamat.uz, texnoman.uz va boshqa shu kabi saytlar dasturchilar jamoasi yoki dasturchilarning shaxsiy urinishlari bilan muntazam faoliyat ko’rsatib kelmoqda, ko’pchilik kuzatib va foydalanib bormoqda.

Ko’pchilik tajribali dasturchilar xabari bor, ingliz tilida juda ko’p murakkab va judayam chuqur savollarga stackoverflow.com savol-javob ko’rinishidagi saytda aniq va tez javob topish mumkin. Bu sayt dunyo bo’yicha ham juda katta reytinga ega bo’lib, atrofiga ko’p sonli dasturchilarni to’plagan. Savol-javob yo’nalishidagi saytlar ko’pchilik uchun qulay xisoblanib, ko’pchilik shu uslubda ma’lumot olishni xush ko’radi. Bu saytdan foydalanishda yosh daturchilarda til muammosi to’siqlik qilishi mumkin. Bu muammoni o’zbek dasturchilamiz o’ylab, yangi sayt tashkil qilishdi, savol-javob uslubida o’zbek tilida faoliyat yuritadi va uni sizga yordami tegsin degan niyatda yordam.uz deb nomlashdi, sayt 2017 yilning fevral oyida ish boshlagan va bugungi kunda anchagina savol-javob ko’rinishida ma’lumot bazasiga ega.

Saytda ro’xatdan o’tib, o’zingizni qiziqtirgan yoki tushunmagan savollaringizni yo’llab, tez orada tajribali dasturchilar sizga javob yo’llashadi, va yana javoblarni baholab borish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Agar sizni savolingiz dolzarb va ko’pchilik uchun qiziq savol bo’lsa, sizni savolingizga baho qo’yiladi. Shuningdek telegramdagi kanaliga ham ulanishingiz mumkin: t.me/YordamUzRss. Sayt haqida qisaqacha ma’lumot berdik, batafsil ma’lumotlarni sayt bilan ishlash davomida ega bo’lasiz. Sizga yordami tegadi degan umiddamiz.

 

(627 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: