Close
screenshot_2018-01-05-10-03-33

Elevate mobil ilovasi haqida

Bugun sizlarga Elevate mobil ilovasi haqida aytib o’tmoqchiman. Bu ilovani reklama qilish niyatidan yiroqman, faqatgina o’zimda foydasi kuzatilgani uchun sizlarga ham tavsiya ma’nosida qabul qilasizlar, degan umiddaman. Mazkur ilova Play Market’da ham, AppStore’da ham mavjud.

GooglePlay_Badge
Play Market’da

App Store'da:
App Store’da

Uni qanday toppish va o’rnatish haqida to’xtalib o’tirmasam ham bo’ladi. Bevosita ilovaning afzalliklari haqida aytib o’taman.

  •  Ilova sizning arifmetika va ingliz tilidagi bilimingizni oshirish uchun 10 dan ortiq turdagi o’yinlarni o’z ichiga oladi. Ingliz tilidagi o’yinlar Writing, Listening, Speaking va Reading dagi qobiliyatingizni oshirishga qaratilgan.
  • Ilovaning ikki xil: Lite va Pro versiyalari mavjud.
  • Lite versiyaning menga ma’qul keladigan tarafi shundaki, bir kunda faqatgina 3 turdagi o’yin o’ynashingiz mumkin. Bu o’yinlar har xil. Insonni zeriktirib qo’ymaydi.
  • Pro versiyada istalgan miqdorda o’yin o’ynashingiz mumkin;
  • Har bir o’yin yakunida to’plagan balingiz e’lon qilinib, umumiz balingizga qo’shilib boradi.
  • Shunday qilib, Writing, Listening, Speaking, Reading va Math bo’yicha balingizni oshirib borasiz. Sizga bu ballarning o’rtachasi (Overall) I ham berib boriladi.

screenshot_2018-01-05-10-03-38

  • Har bir foydalanuvchi o’zining mazkur Overall ini oshirib borishga harakat qiladi.
  •  O’yinlar osondan boshlab qiyinlashib boradi.
  • Har hafta sizning haftalik hisobotingiz beriladi. Bunda siz xatoga yo’l qo’ygan savollarning javobi batafsil yoritiladi.
  • Ilovada chiroyli grafika tanlangan.

Bir so’z bilan aytganda Elevate mobil ilovasi insonning aqliy faoliyatini oshirishda juda ham samarali ilova deb hisoblayman. Jumladan dasturchilar uchun ham juda qo’l keladi.

screenshot_2018-01-05-10-04-19

Mazkur o’yinni 4 ta do’st 4 oy mobaynida musobaqa tarzida o’ynadik. Har kim Overall’i bo’yicha yuqori natijani ko’rsatishga harakat qildi:

Ilovadan foydalanish siz uchun ko’proq foyda keltirishi uchun o’z tajribalarimizdan ba’zilarini aytib o’tmoqchiman:

  • 5 xil turdagi o’yinlarni bir xilda olib borish tavsiya qilinadi.
  • Kundalik o’yinni 1 kun yoki bir necha kun o’ynamaslik yig’ilayotgan ball ga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Bir kunda 3 ta o’yin beriladi. Bularning har birini 3 martadan qayta-qayta o’ynash mumkin. 3 tadan keyin boshqa ball berilmaydi.
  • Bir turdagi o’yinni hali o’ynamasdan turib boshqa xiliga alishtirish mumkin. Buning foydali tarafi shundaki, misol uchun, siz matematika o’yinlari osonligi uchun matematikadan yuqori ballga ega bo’lsangiz, matematika o’yini chiqsa hali o’ynamasdan turib uni boshqa, masalan, listening yoki writing’ga almashtirishingiz mumkin.

Agar siz mazkur ilovani o’zingiz uchun foydali deb hisoblab, undan foydalanishni boshlagan bo’lsangiz, quyida izohda o’z fikrlaringizni qoldiring. Keyingi gal yana bir necha truck (osonlashtiruvchi yo’llar) lardan sizni voqif qilamiz  😉

(590 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

Leave a Reply

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

%d bloggers like this: