Quyida asosiy bloklar uchun foydalaniladigan shakllar keltirilgan:
Ushbu shakllar Xalqaro standart ISO 1028-73 asosida qabul qilingan.
Algoritmni ifodalash namunasi sifatida berilgan ikkita a va b sonlaridan kattasini topish algoritmini sxematik tarzda ifodalaymiz.
Algoritmning bu blok-sxema tarzidagi ifodasiga hojat yo’q. Faqat turli hollarda bu algoritmning to’g’ri ishlashini xayolan tekshirib ko’rish mumkin. Bu yerda 4-blok tarmoqlanish bloki bo’lib, boshqa bloklardan farqli undan 2 ta yo’nalishda («ha» yoki «yo’q») chiqish mumkin. Masalan, a=10; b=5 bo’lsa, u=10 deb olinib 4-blokdan so’ng 5-blokni tashlab 6-blokka o’tib ketiladi. Chunki 5>10 ga «yo’q» javob to’g’ri keladi.
Algoritmning blok-sxema tarzidagi ifodasining yana bir afzalligi undan uchinchi ko’rinishi, ya’ni algoritmik tildagi ifodasi (dastur)ga o’tishi ham juda oson bo’ladi. Chunki bunda har bir blok algoritmik tilning ma’lum bir operatori bilan almashtiriladi xolos.
Hisoblash jarayonlarining turlari va ular uchun algoritm tuzish qoidalari.
Hisoblash jarayonlari asosan uch turga bo’linadi. Bular: chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi (siklik) hisoblash jarayonlari.
Chiziqli hisoblash jarayonlarida jarayonning barcha tashkil qiluvchi bloklari berilgan tartibda beistisno bajariladi. Bunday jarayon algoritmning blok-sxemasi asosan to’rtburchak shaklidagi bloklardan iborat bo’ladi. Bunday jarayonning algoritmi va tabiiy blok-sxema hamda programmasini tuzish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi.
1. Boshlanishi
2. Kiritish bloki
3. Hisoblash bloki
4. Natija bloki
5. Tugashi
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonida ma’lum shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab mavjud hisoblash yo’nalishlaridan birortasini tanlashga to’g’ri keladi. Bu holat algoritmning blok sxemasida romb shaklidagi blok bilan ifodalanib, boshqa bloklardan farqli bu blokda bitta kirish qismi bo’lib, chiqish esa ko’rsatilgan shartga qarab berilgan ikki yo’nalishdan biri bo’yicha bo’lishi mumkin. Algoritmning bu konstruksiyasi blok–sxemada:
1. Boshlanishi
2. Kiritish bloki
3. Shartni tekshirish
4 va 5. Hisoblash bloki
6. Natija bloki
7. Tugashi
ko’rinishida ifodalanadi.
Sardor Pirnafasovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)
- Dunyoni o‘zgartirgan 17 ta tenglama - 03/11/2015
- ALGORITMNI TAVSIFLASH USULLARI - 23/09/2014
- TAKRORLANUVCHI JARAYONLAR ALGORITMLARINI YARATISH. - 20/09/2014
Maqolani boshida “Ushbu shakllar Xalqaro standart ISO 1028-73 asosida qabul qilingan.” degan yozuvdan keyin rasm yo’qku?! Iloji bo’lsa qaytadan qo’yib yuboring. Mendan keyin algorimtlashga qiziqib shu saytga duch keb qolganlar, meni so’rovimni iltimos qilib yurmasin ))
qaytadan to’g’rilab qo’yildi. E’tiboringiz uchun sizga katta rahmat.
Assalomu alaykum algoritimda ilova(saralash, ikkilik qidiruv) nima?