shukr.4.1

“Zap Zap Fractions” – Matematikani zavq ila o’rgan

Zap Zap Fractions” iPad va iPhone qurilmalari uchun yozilgan, bolalarga matematikani o’rganishda qo’l keluvchi ilova bo’lib, bu ilova bolalarga ta’lim berish bilan birga ularga quvonch ham bag’ishlay oladi. Yaqinda bo’lib o’tgan, “Echelon” tomonidan o’tkazilgan tadbirda “Visual Math Studio” ijodkolari bu o’yinning demo versiyasini namoyish etishdi. O’yindagi ko’rinishlarning o’zga sayyoraliklar va kosmik kemalar tasvirida ifodalanishi hamda undagi quvnoq voqealar kishini hayratga soladi. O’yinning g’oyasi bolalarga kasr sonlarning boshlang’ich asoslarini o’rgatish bo’lib, bunga Kelvin va Hobbs komikslari orqali bolalarda qiziqish uyg’otadi.

Dastur asoschilaridan biri Joann Soon aytadi: “Kelvin dars vaqtida o`qituvchi tushuntirayotgan mavzuni tushunishga ming urinsa ham tushuna olmaydi. Natijada u hayolga cho’mdi va o`qituvchini o`zga sayyoralik sifatida tasavvur qila boshladi. U o`z tasavvuri orqali darslarni qiziqarli qilishni xohlardi, bu esa Kelvinng o`xshatish mexanizmi edi”.

O`zining so`zlariga Joann Soon qo`shimcha qiladi: “Bizning maqsadimiz matematikani bolalarga rasmlar va mulfilm qahramonlari orqali tushuntirishdir”.

Visual Math Studio” dasturlari Joann Soon tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur dezayneri Adam Goh, uning asoschi esa Wei Chongdir. Texnologiya sohasiga 2004 yilda kirgan Wei Chong Singapur davlatidagi maktablardan birida matematika o`qituvchisi sifatida faoliyat olib bordi. U o’z faoliyati davomida ko`pgina o`qituvchilarning darslarda kompyuter dasturlaridan foydalanayotganligi, lekin dasturlarning murakkab tuzilganligi va formulalarning qiyin uslubda berilganligi Chongni yangi dastur ustida ishlashga undadi.

Ta’limga oid ko`p dasturlar o`quvchilarning tushuninshini yanada qiyinlashtirgan“ – deydi Chong.

ipad_borderless

O`qituvchilik kasbini tark etgandan keyin Chong uch yil mobaynida “Creative Technology” da dizayn sohasida muhandis bo`lib ishladi. Keyinchalik uning “Math Expression” deb nomlangan sayti o`z ishini boshladi va unda onlayn darslar hamda 12 ta telefonlar uchun dasturlar taqdim qilindi. Dasturlardan biri 16 600 ta internet foydalanuvchilari tomonidan yuklab olindi. Bu esa Chongda o`ziga bo`lgan ishonch uyg`otdi hamda ta’limga oid dasturlarni qiziqarli tashkil etish va rasmlar yordamida boyitish fikrini berdi. Olti yillik matematika sohasidagi mehnat va ilk muvaffaqiyat boshqa dasturchilar bilan birga ishlashni taqozo qila boshladi.

Visual Math Studio” ning ilk mahsulotlaridan biri “Zap Zap Fractions” ikki qismda iborat bo`lib, birinchi bo`limda bolalardan faqat bo`shliqdagi oddiy matematik ifodalarni o`q otish orqali to`ldirish talab qilinadi. Keyingi bosqichda ularga analitikaga oid sodda o`yinlar taqdim qilinib, o`quvchi o`zining o`yindagi progressini ko`rish imkoniga ega bo`ladi.

Zap Zap Fractions” ning to`liq versiyasi Avgust oyida ishga tushirilishi reja qilingan. Kelajakdagi dasturlar matematika asoslariga, jumladan raqamlar, ular ustida matematik amallar va algebraga oid bo’lishi nazarda tutilmoqda. “Zap Zap Fractions” ning boshlang`ich nusxalari xaridorlarga bepul taqdim qilinadi. Kelajakda “Visual Math Studio” dasturlarining ko`payishi bilan pullik tizimga o`tiladi.

So`ngi so`z  o`rnida, yig`ilgan guruh boshqa fanlar ustida ham ish boshlashni rejalashtirishgan. Hozirgi mahsulot AQSh va boshqa ingliz zabon foydalanuvchilari uchun mo`ljallagan. Lekin kelajakda boshqa kompaniyar bilan hamkorlikda dasturni o`zga tillarga ham tarjima qilib, boshqa hududlarda ham, jumladan janubiy-sharqiy Osiyo, Yevropa va Janubiy Koreyada ommalashtirish maqsad qilingan.

(186 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: