startup

Salom, Startap

Agar siz startap (ish boshlash) dunyosiga sho’ng’ishni o’ylayotgan bo’lsangiz, qaror qilib olishingiz kerak bo’lgan bir narsa bu – siz o’zingizning xususiy kompaniyangizni ochishni xohlaysizmi yoki kimgadir ishlamoqchimisiz. Bu yerda ikkisi o’rtasidagi kelishuv keltirilgan: asoschi sifatida 10 barobar ko’p mukofot olish uchun siz 10 barobar ko’p qurbon qilishingiz kerak. Qurbon qilish deyilgandan shu narsa nazarda turtilyaptiki, siz juda ko’p bosim, xavf (risk) va uzoq soatlar ishlashga duch kelasiz; va mukofotiga, ya’ni shu qiynalishlar evaziga, o’shanga yarasha, agar muvaffaqqiyat qozonsangiz, ko’proq pul va shuhratga ega bo’lishingiz mumkin. Kompaniyaga asos solish yuqori riskli, yuqori mukofotli o’yin, va ko’pchilik odamlar ana shu risklar bilan ishlashni uddasidan chiqolmaydi, yoki aniqroq qilib aytganda, ulardan keladigan bosimlarni ko’tara olmaydi. Shuning uchun, ko’p odamlar, ular qanchalik buyuk g’oyalarga ega bo’lmasin, tadbirkorlik bilan shug’ullanmaganlari ma’qul.

Hatto, agar siz bosimlarni ko’tara olganingizda ham, o’ylab ko’rish kerak bo’lgan boshqa bir omil bor. Asoschi sifatida, agar siz, omadingiz kulib, muvaffaqqiyatli startap qurishga erishsangiz, undan muvaffaqqiyatli chiqishga erishish uchun o’rtacha 7-8 yil vaqtingiz ketadi. Misol uchun, ohirgi o’n yillikning eng muvaffaqqiyatli startaplaridan ba’zilarining startaplikdan chiqish vaqtidagi yoshini o’ylab ko’ring: Facebook 8 yosh, Google 6 yosh, Twitter 7 yosh, LinkedIn 8 yosh, WhatsApp 5 yosh va Zappos 10 yoshda bo’lgan. Albatta, u faqat investorlar uchun haqiqiy “chiqish” – asoschi odatda, kamida bir necha yil ko’proq qoladi. Hullas, bu yerdan shunday amaliy hulosa kelib chiqadi: Agar hayotingizning keyingi 10 yilini uning ustida ishlashga bag’ishlamoqchi bo’lsangiz, faqat shundagina kompaniyangizni oching.

Agar siz 20 yosh bo’lsangiz, 30 yoshingizgacha o’sha kompaniyada ishlayotgan bo’lasiz. Agar 30 da bo’lsangiz, 40 yoshingizgacha biroz narsa qilasiz. Bu statistikani o’qiganingizdan keyin, startap g’oyalaringizning yarmini tashlab yuborsangiz kerak.

Muvaffaqqiyatli chiqish kompaniya ochishga yagona sabab emas – aslida, boyishni umid qilish startapga bog’liq har qanday narsa qilish uchun eng yomon sabablardan biri – ammo ko’p odamlar startaplarni tez boyish sxemasi sifatida ko’rishadi. Shuni yodda tuting: startap qurish ehtimol sizni boy qilmas, va agar boy qilganda ham, u tez bo’lmaydi. Muvaffaqqiyat noyob holat, agar unga erishilganda ham, bu o’n yil vaqt oladi.

Anashu o’n yil davomida siz juda qattiq ishlashingiz kerak. Hayotingizda bajargan har qanday ishdan ham qattiqroq ishlashingiz kerak. Istalgan asoschi sizga shuni aytadiki, yangi mahsulotni bozorga olib kirish, foydalanuvchi odatlarini o’zgartirish va to’g’ri odamlarni ishga olish, umuman barchasini ohiriga yetkazish hayotingizda qiladigan eng qiyin narsa bo’ladi.

Bu yerda eng qiyin narsa shuki, muvaffaqqiyat funksiyasi juda ham lahzalik. Misol uchun, siz foydalanuvchilar sonini oshirish yo’lini topishga oylar davomida harakat qilyapsiz. Siz ko’rsatkichlar “tepaga va o’ngga” borishiga yordam beradi deb o’ylab, yangi funksiyalar olib kirishga harakat qilasiz, ammo aslida hech narsa ishlamaydi. Yillab hech narsa bo’lmaydi. Va keyin, birdan ulkan muvaffaqqiyatli hodisalar kutilmaganda sodir bo’ladi.

Siz o’sha turg’unliklar qayergacha borishini oldindan bilmaysiz, shu sababli bu yerda qilish kerak bo’lgan yagona harakat bu juda qattiq ishlash. Quyida keltirilgan “Go Test It and Rapportive”ning hamasoschisi Martin Kelppmanning fikrlari bunga yaqqol misol bo’ladi.

Muvaffaqqiyat funksiyasi juda ham lahzaliligi sababli, startapda ishlash, ayniqsa asoschisi sifatida, bu ko’zi bog’liq holda marafon yugurishi musobaqasida qatnashishga o’xshaydi. Siz bu uzoq poygaligini bilasiz, lekin siz yo’lda masofa ko’rsatkichlari yoki soatni ko’ra olmaysiz, ya’ni sizda qancha yugurganingizni his qilish imkoni yo’q va hatto siz to’g’ri yo’nalishda yugurayotganingizga ham ishonchingiz komil emas – biroq siz sekinlab nafas rostlay olmaysiz, aks holda kimdir aniq sizdan o’zib ketadi. Shuning uchun, siz qo’ldan kelganicha keyingi lahzalik holatni quvib, hansirab yugurishni davom ettirasiz.

Phil Libinning kompaniya ochish bo’yicha maslahati: uni qilma:

Facebookdagi 100-injiner 99% Silikon Vodiysi tadbirkorlaridan ancha ko’p topgan. Ulkan pirogning kichkina tilimlarining o’zi ham ulkan bo’ladi.

Sizda boshqa bir kompaniyaga kirib ishlashdan ko’ra o’zingizning g’oyangizni amalga oshirish istagi juda kuchlimi? Ha: qachonki uni qilmaslikning ilojini topolmasangiz. Mana shu eng zo’r sabab, chunki sizda o’sha amalga oshishi kerak bo’lgan g’oyaga ishtiyoq baland. Buni siz shuhrat yoki boylik uchun qilmayapsiz, balki aksincha u siz uchun shunchalik muhim narsaki, siz uni amalga oshirish uchun barcha qiyinchilik, xavf-hatar va qurbon qilishlarga tayyorsiz.

Hulosa qilib aytganda, yangi bir g’oya bilan chiqib, kompaniya ochib ish boshlash juda ko’p hollarda kutilganidek tez va ko’p foyda keltirmasa ham, sarflangan vaqt va imkoniyat evaziga asoschilar tonnalab tajriba, ko’plab qobiliyatlarga va cho’ntaklarida biroz pulga ega bo’ladilar.

Yevgeniy Brikman

Hello, Startup

(293 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: