31

Veb Sahifaga Tashrif Buyuruvchilarni KAMAYTIRMOQCHI Bo’lganlar uchun 10 Tavsiya

Quyida o’quvchilarni o’z saytingizni tark etishi va qaytib oyoq bosmasligi uchun tavsiyalar keltirilgan. Agar bir kun kelib shunday sahifa ochay deb qolsangiz, quyidagi maslahatlarga befarq bo’lmaysiz. Yoki bularni aksini qilib ijobiy natija tomon ilgarilash ham mumkin.

Sahifangiz uchun o’ta murakkab navigatsiya yarating

29

Agar sahifangiz bo’ylab sayr qilish uchun faqatgina sizdagi kalla kerak bo’lsa, ya’ni uni faqatgina siz uddalay olsangiz, demak sahifa mehmonlariga oson bo’lmaydi. Navigatsiya, ya’ni o’z yo’lini topib keta olish – sahifangizning muhim qismlaridan biridir. Agar siz o’quvchilar intuitiv holda foydalana olishlari uchun veb sahifangizni qayta va qayta tekshirib turmasangiz, demak ushbu qulayliklarga ega boshqa sahifa uchun o’z o’rningizni bo’shatib berasiz.

Kontentdan ko’ra reklamani ko’proq joylashtiring

Balki siz o’ylaganday -reklamalarni o’z maqsadi bordir, lekin agar mavjud kontentdan ko’proq reklama bo’ladigan bo’lsachi? Oqibatda zamonaviy ziyrak o’quvchini yo’qotib qo’yish xavfi bor. Shunisi ham borki agar sahifangizga odam kirmasa, ularni kim o’qiydi?

Sahifangizni o’z holiga tashlab qo’ying

Ma’lumoti xato yoki eskirgan veb sahifa hozirda hech kimni qiziqtirmay qo’ygan. Nega endi o’quvchilar aynan sizning sahifangizga qaytishlari lozim? Xattoki muntazam yangilik (update) qilib turmasangiz ham, yangi urinishlarsiz ham undagi kundalik ko’riladigan ashyolarni aylantirib turish mumkin.

Haddan ziyod ma’lumot talab qiling

Agar sahifangizdan foydalanishda mayda ikir-chikir ma’lumotlar talab qiladigan bo’lsangiz, o’quvchi ularni sizga taqdim qilishdan ko’ra yaxshisi boshqa muqobil qidirishi aniq.

O’ta “qaynoq” bo’lishga harakat qiling

Veb sahifani turli eng innovatsion va yangi texnologiyalar bilan bezatish ma’qul bo’lishi mumkin, ammo ko’p hollarda bu usul o’quvchilarga bir qator muammolar olib kelishi mumkin. Brauzerni ishdan chiqaradigan yoki iste’molchi tizimiga haddan ziyod og’irlik qilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar qayta tashriflarga olib bormaydi.

Ishlamay qoladigan brauzerlar muammosi

Hech qanday ish sahifa buzilishi kabi iste’molchini qochirib yubora olmaydi. Uning asl ildizi ko’pincha yaxshi yozilmagan JavaScript yoki Java bo’ladi.

Biznes sahifasida tovush joylashtiring

Agar sahifangiz biznes soha vakillarini tortish niyatida ochilgan bo’lsa, tovush joylashtirish doim ham yaxshi fikr emas. Ko’pgina kishilar vebga o’z ofislaridan kirishadi, va birdan musiqa tovushi (ayniqsa ko’p tarqalgan tinkirlaydigan, mexanik “wav” fayllari) diqqatlarini tarqatib yuborishi mumkin.

Juda ko’p rasm joylashtiring

Rasmlar sahifa ochilishini sekinlashtirishi ma’lum fakt, sekinlashtirganda ham soniyalarni daqiqalarga almashtirib qo’yadi. Bizning qahramonimiz esa bu vaqtda sekin google ga kirib boshqa TEZROQ sahifa haqida qayg’ura boshlaydi. Juda zarur bo’lganda ham kichikroq rasm tanlang.

Sahifani jadvallarga to’ldirib tashlang

Qancha jadval o’rnatsangiz, sahifangiz shuncha imillab ketadi. Zamonaviy brauzerlar hozirda jadvallar chiqmaguncha ham iloji boricha yaxshiroq ko’rsatishga harakat qilishadi, biroq soatlab tuzib chiqqan ushbu jadvallar qolipi ochilishi uchun daqiqalar talab qiladi. Shu asnoda o’quvchimiz bilan xayrlashamiz…

O’quvchilaringizga umuman diqqat qaratmang

Agar sahifangizga tashrif buyuruvchilar siz bilan bog’lansa yoki sahifa statistikasida o’z istak-xohishlarini bildirsa, nima qilish kerak? Ushbu savolni sizga ochiq qoldiramiz. Qisqasi unutmang: Foydalanuvchi -fikr yurituvchi shaxsdir.

manba: about.com

Abdulaziz Qodirov

(148 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: