Google

Hayotni yengillashtirish uchun 25 ta Google qidiruv mohirliklari

Har kuni millionlab insonlar internetda bir necha narsalarni qidirish uchun Googledan foydalanadi, ammo ularning orasidan barmoq bilan sanarli qismigina dunyoning birinchi o’rindagi qidiruv mashinasini to’liq imkoniyatlaridan foydalanadi. Quyida, Googledan ko’p narsa chiqarib olish va so’rovingiz bo’yicha ancha yaqinroq natijalarni olishga yordam beradigan, ko’pchilik uchun ma’lum bo’lmagan maslahat va usullarni keltiramiz.

Agar bu ro’yhatga qo’shimcha qilmoqchi bo’lsangiz yoki taklif va mulohazalaringiz bo’lsa, iltimos kommentga yozib qoldiring.

1. Aniq iboralarni qidirish – Agar siz aniq iboralarni qidirmoqchi bo’lsangiz, o’sha iborani o’z ichiga olgan natijalarni ko’rish uchun kalit so’zlarni qo’shtirnoq ichiga yozib qidiring.

aniq_ibora

 

2. Biror so’zni chiqarib tashlash – Agar siz qidirayotgan jumlada bir necha ma’noli so’z bo’lsa, o’sha kalit so’zni oldiga tire (-) qo’yish bilan uning ma’nolarini qidiruvdan chiqarib tashlashingiz mumkin.

excluding word

 

3. Maxsus bir domenni qidirish – kalit so’zdan oldin yoki keyinga site:example.com operatorini qo’shish orqali ma’lum bir veb manzilni ichida qidirishingiz mumkin.

site dasturchi.uz android

 

4. O’xshash mazmundagilarni chiqarish – siz biladigan veb manzildagiga (URL) o’xshash mazmundagilarni chiqarish uchun URL (veb manzil) qo’shishdan oldin related: operatoridan foydalaning.

o'xshash_mazmun

 

5. Matndagi so’zlarni qidirish – barcha kalit so’zlar sahifaning tana qismida ko’rinadigan sahifalarni chiqarish uchun, qidirilayotgan jumladan oldin allintext: operatoridan foydalaning.

allintext

 

6. Sarlavhadagi so’zlarni qidirish – 5–raqamdagi o’xshash, allintitle: operatoridan foydalanib kalit so’zni o’z ichiga olgan sarlavhali sahifalarni chiqarishingiz mumkin.

allintitle

 

7. Bir necha jumlalarni qidirish – berilgan kalit so’zlardan biri bo’lgan sahifalarni ko’rish uchun Googlega bir vaqtda bir ortiq so’rov kiritishingiz mumkin. Buning uchun jumlalar orasiga katta harflarda “OR”ni kiritsangiz bo’ldi.

search-multiple-phrases

 

8. Joylashgan o’rni bo’yicha yangiliklar topish – ma’lum bir joydan chiqqan yangiliklarni topish uchun location: operatoridan foydalanib, undan keyinga shahar nomini qo’shing.

location_news

 

9. Fayl turlari bo’yicha qidirish – Agar internetda ma’lum bir fayl turini qidirmoqchi bo’lsangiz, qidirmoqchi bo’lgan ma’lum bir hujjat turini ko’rsatish uchun filetype: operatoridan foydalanishingiz mumkin va Google natijalarda ana o’sha hujjat turi bo’lgan sahifalarnigina ko’rsatadi.

file-types

 

10. Unutilgan so’zlar – yulduzcha belgisi shablon vazifasini bajarib jumladagi yetishmayotgan so’zni topishga yordam beradi. Yana, siz Googlening auto-to’ldirish hizmatidan foydalanib ham taklif olishingiz mumkin. Shunchaki, to’liq jumlani kiriting, so’ng almashtirmoqchi bo’lgan so’zni o’chiring.

 

forgotton

11. Boshqa URL (veb manzil)ga havola qiladigan sahifani topish link: operatoridan foydalanib siz boshqa veb manzilga havola qiladigan sahifalarni topishingiz mumkin. Bu ehtimol Qidiruv mexanizmini optimallashtiruvchilarga (Search Engine Optimization – SEO) juda foydali, ular ma’lum bir sahifaga qayta havolalarni qidirishadi.

link

 

12. Google qidiruvda hisoblashni amalga oshirish – siz arifmetik amallarni kiritishingiz va darhol javobini olishingiz mumkin.

calculation

 

13. Xohlagan joy bo’yicha quyoshning chiqish va botish vaqtlarini aniq bilish

sunrise

 

14. Oddiygina jamoa nomi yoki raqib jamoani kiritish orqali sport o’yinlarining aniq natijasini topish mumkin.

sport-score

 

15. Xohlagan shaharning mahalliy vaqtini aniq bilish uchun Google dan foydalaning.

city time

 

16. O’zingizning ijtimoiy IP (Internet Protokol) manzilingizni toping

ip

 

17. Sizga lug’at kitobi shart emas, shunchaki Googledan foydalaning.

define

 

18. Sevimli muallifingizning kitoblarini qidiring …

books muhammad ali Google Search

 

19. Siz Googleda samolyotlarning uchish rejalarini ko’rishingiz mumkin.

flight

 

20. Google birliklarni biridan ikkinchisiga o’gira oladi.

convert

 

21. Va bir tildan boshqasiga tarjima qila oladi.

translate

22. Googleni ortga sanaydigan taymer sifatida ishlating

countdown

 

23. Xohlagan UPS, USPS yoki Fedex orqali jo’natilgan narsalarning kuzatuv raqamlarini to’g’ridan-to’g’ri Googlega kiritish orqali jo’natilgan narsangizning kuzatuv ma’lumotlarini ko’rib, kuzatib borishingiz mumkin.

24. Turli shaharlarning ob-havo ma’lumotlarini ko’rish uchun Googledan foydalaning.

weather tashkent Google Search

 

25. Ma’lum bir kompaniya nomi yoki kodi orqali uning aksiyalari haqidagi eng so’nggi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

 

facebook stocks

 

Bu imkoniyatlardan foydalanish orqali, siz Google qidiruvdan samaraliroq foydalanib  unumdorligingizni oshirishingiz va bir qancha sahifalarga bosib ko’rmasdan qidirayotgan  ma’lumotingizni  tezroq topishingiz mumkin. Yanada ko’proq ma’lumot olish uchun quyidagi havolalarga murojat qilishingiz mumkin:

https://searchyapp.io/google

https://www.maketecheasier.com/google-search-hacks/

(633 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: