premium-Wordpress-Plugins

Blog qilishni boshlashingiz uchun 5ta ajoyib WordPress Plaginlari

premium-Wordpress-Plugins

Xoh blog qilish veterani bo’ling yo endigina birinchi marta bloglang, WordPress o’rnatmangiz (setup –ing.) iloji boricha silliq va samarali bo’lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biroq, WordPress plaginiga kirib o’z vazifalaringizni kiritguncha soatlar ketishi va anchagina ensa qotirishga olib borishi turgan gap. Sizga bularni barchasini osonlashtirishga harakat qildik. Blogingizni ishga tushirishda ushbu 5 muhim WordPress plaginlari orqali bosh og’riq va samarasiz ovoragarchiliklarni oldini oling.

1. Yoast tomonidan WordPress SEO xizmati

Bloggerlarning barchasi “SEO (Search Engine Optimization)” xususida keragidan ortiqcha vaqt sarf etib yuborishadi. Haqiqat shundaki SEOning ustasi bo’laman desangiz bir necha yillar yutqazishga tayyor turing, bu ham yetmagandek u doimiy o’zgarish jarayonida bo’ladi. Doimiy o’suvchi tizim bilan chiqishish amri mahol, 99% bloggerlar shuning uchun ham muntazam jadvallarni yozishni SEOni tuzib chiqishdan ustun topishadi. Yoast’ning SEO plagini siz tuzgan yozishmalar SEO bilan hamohang ekanligini ta’minlash uchun ketadigan soatlab vaqtingizni tejash imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, ushbu hamohanglikni ushbu xizmat sizning o’rningizga qilib beradi. Yoast tomonidan WordPress SEOni o’rnatib oling. (Yoast plagini ham PULLIK va bepul ko’rinishlari bor).

2. Gravity Forms

Bu qo’llanma, mavjud shakl yasovchilar orasida eng sermahsuli desak adashmaymiz. Undan tashqari u pulli plagin hamdir – shakl yasovchi plaginga to’lab nima qilaman deysizmi? Xo’sh, uni vazifasi shugina emas. Agar unga Zapier ulasangiz – kontaktlaringiz shakllarini elektron manzilingizga bog’lab qo’ysangiz yoki ma’lumotni boshqa xohlagan dasturingizga tortsangiz bo’ladi. Yoki aksincha, ko’p-taraflama so’rovnoma shakllarini yasamoqchidirsiz? Survey monkey yoki shunga o’xshash boshqa bir xizmatga pul sarflagandan ko’ra, siz shakllarni shundoqqina sahifani o’zida tuzishingiz va bir qator sahifalar orqali kiritma ma’lumotlarni to’plashingiz mumkin. Gravity Forms ni faqatgina boshqa shakl yasovchi plaginlarni ishlatib ko’rgan va bir ikki sochiga “oq tushganlar”gina bilishadi. (Gravity Forms PULLIK plagin)

3. OptinMonster

OptinMonster sizga nafaqat an’anaviy pop-up qolipini tayyorlab beradi, balki muqobil email to’plamlari imkoniyatini o’z ichiga oladi, ularga misol “ichkariga surilish,” “yon tomon va yozishma-so’ngi,” va yozuv osti kiritmalari kabi boshqa ko’plab qulayliklari mavjud. (OptinMonster PULLIK plagindir)

4. iThemes Security

Agar sahifangiz biror marta xakerlar hujumiga uchragan bo’lsa, uning qanchalar muammo ekanligini, uning oqibatida sahifangizni qayta ishga tushirishdagi moliyaviy hamda ma’naviy zararni yaxshi tushunasiz. Hujum ostida qolib ketishdan avvalroq uni bartaraf qilish ustida bosh qotirish kerakdir? iThemes saytingiz xavflarini bartaraf etish uchun 30ta tekshiruv o’tkazadi va login ma’lumotlaringiz ustida jiddiy aralashuvlar sezsa sizni xabardor etadi. Qachonki ko’p uchrab turuvchi ma’lum zaifliklarga o’ch bu kabi botlar va skriptlarni qanchalik ko’p ekanligini bilsangiz, ushbu sohada ko’rgan chorangizdan mamnun bo’lasiz. ( iThemes Security ham PULLIK ham bepul plaginlarga ega)

5. WP Super Cache

Sahifangiz murakkablashib borar ekan, siz borgan sari ko’proq sahifalar, fayllar va rasmlar qo’shishni boshlaysiz. Oqibatda vaqt o’tgani sari tezlikdan asar ham qolmasligi mumkin. Hosting ni apgreyd qilishdan tashqari (uning qimmatga tushishi ham bor), keyingi tezlikni asrovchi usul bu kesh qiluvchi plagindir. Oddiy qilib aytganda u sahifangizdan rasmni olib, biron yangi foydalanuvchi sahifaga kirgandagina taqdim etadi (bu esa vaqt va manbalarni saqlaydi). WP Super Cache tekin bo’lib, mavjudlari ichida eng yengil va samarali keshlash plagini hisoblanadi. Sahifangizga tezlik kerakmi, unda o’rnating. ( WP Super Cache bepul plagindir)

manba: lifehack.org

Abdulaziz Qodirov.

(350 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: