How-to-Remove-Similar-Products-adware

Adware kompaniyalari reklama va zararli dasturlarni kiritish uchun Google Chromening mashxur kengaytmalarini sotib olmoqda.

37

Adware – reklamalar yoki reklamaga linklar joylashtirilgan dasturlar bo’lib automatik darzda reklamalarni ko’rsatadi yoki komputerga yuklab oladi. Ular asosan internetga bog’langanda ishlaydi va foydalanuvchiga o’zi xohlamagan reklama web sahifalarini ko’rsatadi, ular asosan brovzer bilan birgalikda ishlaydi.

Brovzer kengaytmalari qo’shimcha o’ziga xos xizmat va funksiya bo’lib, siz ularni osongina Google Chrome, Firefox va boshqa keng tarqalgan brovzerlarga qo’sha olasiz. Biroq ular o’zining muallifiga daromad keltirish uchun reklamalarni avtomatik tarzda ko’rzatadigan yomon niyatdagi adware’larga xizmat qilishi mumkin.

Hozir hakerlar o’zlarining bizneslariga biz o’ylaganimizdan ancha jiddiyroq qarashmoqda. Hatto, komputeringizdagi oddiy bir zararli adware ham yomon reklama va zararli dasturlarni brovzeringizga kiritishi mumkin.

Reklamalar pul ishlashning qonuniy yo’li. Biroq, yangi kengaytmani ishlab chiqish va tarqatish, katta foydalanuvchilar bazasiga ega bo’lish hamisha qiyin, ammo hozir adware kompaniyalari yangi nayrang topishdi, ya’ni ko’pgina foydalanuvchilar bazasiga ega bo’lgan ishonchli brovzer kengaytmasini sotib olish va ular yordamida reklamalarni chiqarish.

Yaqinda 30,000+ foydalanuvchilarga ega bo’lgan Chrome kengaytmasi “Add to Feedly”ning ishlab chiquvchisi Amit Agarval’ga (Amit Agarwal) qandaydir sirli sotib oluvchilar kelishgan. “Ishlab chiqishga 1 soat vaqt ketgan va men rozi bo’lgan kelishuvga 4 ta raqamli summa taklif qilingandi” deydi u.

“Men kengaytmaning egaligini ma’lum bir Google akkauntga o’tkazdim. Bir oydan so’ng, Feedly kengaytmaning yangi ho’jayini Chrome magazinga bir yangilashni qo’ydi. Yo’q, bu yangilash jadvalga na yangi bir xususiyat olib kirdi, na bir qandaydir xatoni tuzatishni o’z ichiga oldi. Bularning o’rniga, ular kengaytmani ichiga reklamani joylashtirishdi.”

Google Chrome kengaytmalarini orqa fonda yangilaydi, va aksariyat foydalanuvchilar o’zgarishni sezmaydilar ham. Biroq, Google Chromega zararli reklamalar qo’shilgan bo’lsa, siz tez-tez alohida oynada ochiladigan reklamalarni va zararli domen’larga yo’naltirishlarni kuzatasiz.

“Bular siz veb sahifalarda ko’radigan odatiy bannerli reklamalar emas, balki ko’rinmas reklamalar bo’lib orqa fonda ishlaydi va siz kiradigan har bir vebsaytdagi linklarni oldindan hamkor bo’lgan linkka almashtiradi.”

Reklamalarni joylashtirish Google Chrome veb magazini dasturlari qoidasida qoidabuzarlik emas, biroq u kengaytmaning kontekstida namoyish qilinishi kerak, yoki boshqa bir sahifada namoyish qilinganda rekalamalar sahifaning normal yo’nalishidan tashqarida va qaysi kengaytmaning tarkibiy qismi ekanligi aniq ko’rsatilgan holda bo’lishi kerak.

Amit’ning kengaytmasini ko’rib chiqqandan keyin, va nihoyat Google uni Chrome veb magazinidan olib tashladi. Agar sizning brovzeringizga ham Adware’lar yoki boshqa har qanday zararli dasturlar kirib qolgan bo’lsa, brovzerning qo’shimcha (add-ons) va kengaytmalarini (extensions) muntazam tekshirib boring, ishlatilmaydigan va shubhali ko’ringan kengaytmalarni o’chirib tashlang.

manba: http://thehackernews.com

Iskandar Ashurov

(148 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: