java

Overriding (qayta yuklash) Funksiyalari

Agar  subclassimizdagi (bola klass) funksiya super(ota klass) klasimizdagi funksiya bilan bir xil bo’lsa, bu funksiyalar qayta yuklanuvchi funksiyalar deyiladi.

Javada qayta yuklanuvchi funksiyadan foydalanish

  1. Qayta yuklanuvchi funksiyadan avvaldan Ota klassda yaratib qo’yilgan funksiyaning o’ziga xos amalga oshirilishini ta’minlashda
  2. Qayta yuklanuvchi funksiyaning ishchi vaqt (runtime)da (ko’p formalik) polymorphismda

foydalaniladi

Javada Qayta yuklanuvchi funksiya uchun qoidalar

  • Funksiya super klass(ota) dagi funksiya nomi bilan bir xil bo’lishi kerak
  • Funksiya super klass(ota )dagi funksiya parametrlari bilan bir xil bo’lishi lozim
  • Klass meros olgan bo’lishi kerak

  1. class Vehicle{
  2.  
  3. void run(){System.out.println("Vehicle is running");}
  4.  
  5. }
  6.  
  7. class Bike2 extends Vehicle{
  8.  
  9. void run(){System.out.println("Bike is running safely");}
  10.  
  11. public static void main(String args[]){
  12.  
  13. Bike2 obj = new Bike2();
  14.  
  15. obj.run();
  16.  
  17. }

ekranda : Bike is running safely

Bu misolda run() funksiyasi sub klass va super klasslarda yaratilgan. Bu funksiyalarni nomi va parametrlari o’xshash va klaslar bir biri bilan bog’langan, shuning uchun   qayta yuklanuvchi funksiyalar hosil bo’lyapti.

Static funksiyalar hech qachon qayta yuklanuvchi funksiya bo’lmaydi. Chunki static funksiyalar klass bilan bog’langan va u obyekt bilan bog’liq. Main funksiyalari ham qayta yuklanmaydi, chunki u static funksiyadir.

Yuklanma funksiya
Qayta yuklanuvchi funksiya
Yuklanma funksiya klass ichida bo’ladi Qayta yuklanuvchi funksiya ikkita klasss ichida bo’ladi, ya’ni bir biri bilan bog’langan klaslarda.
Yuklanma funksiya parametrlari har xil bo’ladi Qayta yuklanuvchi funksiya parametrlari bir xil bo’lishi shart
Yuklanma funksiyada polemorfizm kompilyatsiya vaqtida ishlatiladi Qayta yuklanuvchi funksiyada polemorfizmdan runtime da foydalaniladi
Yuklanma funksiyada qaytarayotgan ma’lumot turlari o’xshashi yoki o’xshamasligi mumkin Qayta yuklanuvchi funksiya qaytarayotgan ma’lumot turlari o’xshash bo’lishi kerak

G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(94 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)